Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi



Yüklə 119,64 Kb.
səhifə9/20
tarix13.12.2023
ölçüsü119,64 Kb.
#175539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
28. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi”

O’smirlarda xotiraning o’sishi. O’smirlik yoshida xotira xususiyatlari sezilarli darajada o’zgaradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ko’proq mexanik xotira, o’smirlik yoshidagi o’quvchilarda esa mantiqiy xotira asosiy o’rin tutadi. Materiallarni umumiylashtirish va sistemaga solish, narsa va hodisalarning mohiyatini bilish natijasida, o’smir mantiqiy esda olib qolish va mantiqiy esga tushirishning afzalligini tushunib oladi. She`r, teorema va hokazolarni yodlab olmoq uchun ba`zida mexanik xotira ham kerak, albatta. Lekin bu mexanik esda olib qolish mantiqiy bog’lanishlar bilan birga bo’ladi. Masalan, o’quvchi tarixiy detallarni eslab qolmoqchi bo’lganda, bu detallarning ma`nosini tushunib, ularni ma`lum voqelik bilan bog’laydi. Geografik nomlarni eslab qolmoqchi bo’lganida, o’quvchi shu mamlakatni va u yerda yashaydigan xalqni birgalikda tasavvur qiladi.
Maktab materialni taqqoslagan va sistemalashtirgan holda tushunib logik esda olib qolishga o’rgatadi.
O’quvchilar uchun tekst, she`r, teorema va boshqalarni ancha muvaffaqiyatli esda qoldirish usullarini topish nihoyatda muhimdir. O’quvchi faqat ana shunday usullarni o’zlashtirib olgandan keyingina, programma talab qilgan barcha narsani tez, muvaffaqiyatli esda qoldira oladi. Agar o’quvchilarning birortasida hali ham mexanik xotira ustunligi saqlanib qolgan bo’lsa, bu maktabning aybi bo’ladi. Bu pedagoglarning o’quvchilarni doimiy ravishda materiallarni bir-biri bilan taqqoslashga, predmetlarni o’zaro bog’lashga o’rgatmaganligining natijasidir.
Shuni ta`kidlash kerakki, matematikaga doir materiallarni o’zlashtirishda ham, boshqa fanlarni o’rganishda ham fan asoslarini bir-biri bilan bog’lash muhim ahamiyatga egadir.
Mnemik xotira - esda qoldirishni yengillatish maqsadida sun`iy ravishda qo’llanadigan usullar yig’indisi.

II bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida nazorat ishi o’tkazishning samarali shakl va metodlari

2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o’rgatish yo’llari.


SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH
To'la savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri, o'quvchilar nutq
madaniyati ustida ishlash, ularni og'zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir.
Shuning uchun 1-4-sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg'ulot olib borish, o'quvchilarda fikrni keng ko'lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o'stirish lozim.
Yozma ish turlaridan biri bayondir. Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma'lum tayyorgarlikdan so'ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Birinchi sinf dasturiga ko'ra matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o'rganiladi.
Tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish o'quvchilarda sodda gap tuzish ko'nikmasini hosil qiladi. O'quvchilar gapda so'zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo'yishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni o'rganadilar.
SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH
Ikkinchi sinf ona tili dasturida o'quvchilarni o'qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo'lmagan (40-50 so'zli) matnlardan' savollar yordamida bayon yozishga o'rgatish tavsiya etiladi.
O'qituvchining oldida ikkinchi sinf o'quvchilarini berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o'rgatish vazifasi turadi. O'quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to'g'ri o'qishi va ularning ma'nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi, qayta hikoyalashda va yozma bayonda o'zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim.
Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o'quvchilarni bayonda o'zlari yoza oladigan so'zlardan foydalanishga o'rgatish lozim. Shuni nazarda tutib, to'plamda tayyor reja asosida bayon yozish uchun matnlar berilgan.
Matnlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak. Hikoya mazmunini tahlil qilish o'quvchilarning hikoyadagi asosiy fikrni va hikoya qismlari o'rtasidagi bog'lanishni bilib olishiga yordam beradi. Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.
Ikkinchi sinf o'quvchilarining reja bilan ishlashidagi asosiy talab ularning savollarni to'g'ri o'qishi va ularni matn qismlari bilan bog'lay olishidir. Bayon yozishga o'rgatish va uni yozishda quyidagi ish usullaridan foydalanish mumkin.
Ikkinchi sinfda o'quvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash (matn o'quvchilar ko'z oldida bo'ladi) maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ish keyinchalik bayon yozishdagi qiyinchiliklarning oldini oladi. Shuningdek, o'qituvchi o'quvchilarni matnni asta-sekin o'qiganda eshitishga, uning mazmunini o'zlashtirishga o'rgatadi. 2-sinfda bajariladigan barcha mashq turlari reja bilan alohida ishlashni talab qilmaydi. Chunki reja tayyor holda beriladi. (Sarlavha tanlanadigan mashqlar bundan mustasno.) Ikkinchi sinfda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yo'li bilan sodda gaplarni tuzish ko'nikmasi mustahkamlanadi, Matnni tahlil qilib, reja savollari ustida ishlash zarur. Bu sohadagi asosiy ishlar quyidagilardan iborat:
-Hikoya yoki uning qismlaridagi gaplar sonini aniqlash; ba'zi gaplarda nima va kim haqida gapirilganini ko'rsatib berish.
-O'qilgan reja savollari nechta gapga tegishli ekanini aniqlash.
-Gapdagi so'zlar sonini hisobga olish; tarkibidagi so'zlarni eslab qolish.
-Savolda uchramagan so'zlarni gapdan topish.
Masalan: Durdona kitobini qanday saqlaydi? Savol o'rniga gapdan «ozoda» so'zi topib yoziladi.
Reja savollariga javob tayyorlash sintaktik ishni talab qiladi. Ikki-uch gapni o'z ichiga olgan savollarga javob tayyorlash vaqtida keyingi gap ma'nosini tushuntirib beradigan qo'shimcha savollar berilishi mumkin.
Sintaktik ishni bajarganda ba'zan yozuv taxtasiga yozilgan parchani yoki gapni qisman tahlil qilishga to'g'ri keladi. Ko'pincha, bolalar gapdagi so'zlar tartibini buzadilar. O'qituvchi bolalarga gapdagi so'zlarni tartib bilan joylashtirishni o'rgatishi shart. Shu maqsadda quyidagi usullar ishlatiladi:
Yozuv taxtasiga biror-bir so'zi tushirilgan va uning o'rnida savol ma'nosini bildirgan so'z turgan gaplar yoziladi. So'ngra shularga javob beruvchi so'zlar qo'yib gaplar yoziladi.
Masalan: Chumoli nima topib oldi? Chumoli don topib oldi.
Gap so'zlar tartibi o'zgartirilgan holda yozuv taxtasiga yoziladi.
Masalan: chumoli, chaqirdi, o'rtoqlarini. Shu so'zlarning tartibiga mos chizma yozuv taxtasida beriladi. Chizma: nima nimalarini nima qildi? Endi so'roqlar o'rniga mos so'zlarni qo'yib, Chumoli o'rtoqlarini chaqirdi gapi tuziladi.
Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o'quvchilarga talaffuzi qiyin bo'lgan so'zlarni bo'g'inlab aytishni mashq qildirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qator kelgan undoshli so'zlarni yozishdan oldin bolalar so'zni bo'g'inga bo’ladilar, bo'g'inlardan so'z yasaydilar, uni o'qiydilar yoki qisqa gap tuzadilar.

        1. Yüklə 119,64 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin