Boshlang’ich sinf ona tili nazorat ishi o’tkazish jarayoni.
Oldimizga qo`ygan muammoni o`rganish uchun tadqiqotni o’tkazish obyekti qilib, Namangan viloyati Namangan shahridagi 13-maktabning 4-A va 4-B sinf o`quvchilarini tadqiqot o'tkazish obyekti qilib oldik. Ushbu obyektda boshlang`ich sinf ona tili nazorat darslarini va tekshirish tartiblarini o’rgandik.
Tadqiqotning predmeti:
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’qituvchi faoliyati
Kurs ishining amaliy ahamiyati:
kurs ishidan pedagogik yo’nalishdagi kollej o’qituvchi va talabalari, umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchilari, ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.