Boshlangich sinf uquvchilarining ayrim xususiyatlari



Yüklə 30,61 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü30,61 Kb.
#184341
BOSHLANGICH SINF UQUVCHILARINING AYRIM XUSUSIYATLARI


BOSHLANGICH SINF UQUVCHILARINING AYRIM XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqatning fiziologik asoslari.
3. Diqqat turlari: a) ixtiyorsiz diqqat

Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.


Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi.
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.
Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga qo’yilayotgan vazifalarini bajarish ko’p jihatlarda o’qituvchilarga bog’liq. Bozor siyosatga o’tish sharoitida ta’lim - tarbiyadan ko’zda tutilgan maqsadga erishish, o’quvchilarni xilma - xil fao liyatini uyushtirish ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ish bilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi O’zbekistonning istiqboli, ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligigacha, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatga bog’liq. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o’quvchilar va talabalarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashga alohida e’tibor bermoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik naziriyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun - qoidalar, tamoillar, umumlashtirilgan, metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni puxta amaliy, tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
O’qituvchilik kasbini tanlash. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagogik kasbni tanlagan kishi avvalo so’g’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olish, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek, bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq xushmuomalalik, kuzatuvchanlik o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqlilik darajasini ko’rsatadi.
Pedagogik faoliyat - yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim – tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. “Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” , - deyiladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda o’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash , unda milliy va umuminsoniy fazilatlarini tarkib toptirish vazifasi eng oliy janob yuksak va shu bilan birga murakkab vazifadir. Har bir bola o’z xulq - atvoriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini belgilashlari lozim.
O’qituvchilik ixtisosning bu xususiyatlarini uning kasbnoma (prafessogramma)sida ifodalanadi.
Kasbnoma qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi shaxsining xususiyatlari: o’qituvchining psixologo – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar; maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
O’qituvchi shaxsining xususiyatlari qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

• mafkuraviy sohada - ilmiy dunyoqarash va e’tiqod sosial va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy faollik;


• kasbiy pedagogik sohada - bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; psixalo - pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, talabchanlik, qat’iylik vamaqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish;
• bilim sohasidakeng ilmiy saviya ma’naviy ehtiyoj va qiziqarli, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish.

O’qituvchining psixalo - pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: Bilim egallash sohasida pedagogikaning metadologik asoslarni, shaxsning rivojlanishi va shakllanish qonuniyatlarini bilish; tarbiyaning, maqsadi, vazifalari shakl va metodlarini tushunish, bolalar va o’smirlar anatomofiziologik rivojlanishlarining asosiy qonuniyatlarini bilish, o’quvchilar gigienik tarbiyasining nazariy, tabiiy – ilmiy asoslari va vositalarini bilish, bolalar


rivojlanishining psixik qonuniyatlarini har xil yoshda shaxsning individual psixologik xususiyatlarini bilish.
Ko’nikma va malakalar hosil qilish sohasida.
Pedagogik vaziyatni tahlilqilish; pedagogik ta’sirlarni rejalashtish va natijalarni mo’ljallay olish ijtimoiy pedagogik hodisalarning amaldagi holatini ularning paydo bo’lish va rivojlanish sabablarini, shart-sharoit va xarakterlarini tahlil qila bilish va baholay olish o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini aniqlash shaxs va jamoaning rivojlanishini belgilay olish ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va xatolarni ko’ra bilish aniq pedagogik vazifalar va ularni hal qila olish o’quvchilarning sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni rejalashtirish o’quv tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslangan tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini tanlab olish rejalashtirilgan pedagogik ta’sirlarga o’quvchilarning javob harakatlarini oldindan chamalab bilish ko’nikmalari.
O’quv tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish sohasida o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini hisobga olgan holda maqsadiga muvofiq o’quv materallarini tanlash uni analiz va sintez qila olish ko’mikmasi: ilmiy materialni qayta ishlab o’quv materialiga aylantira olish ko’nikmasi ma’lum didaktik vazifaga muofiq o’quvchilar tajribasini hisobga olgan holda murakkab matnlarni va o’quv materialni ijodiy va asosli tashkil eta olish ko’nikmasi.
Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish sohasida: tarbiyaviy maqsadga muofiq ayrim o’quvchilar va jamoa uchun vazifalar belgilash, qo’yilgan maqsad asosida ularning tushunchasni o’zgartira olish ko’nikmasi: bolalarga ta’sir o’tkazish va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni rejalashtirishni ko’nikmasi : o’quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko’nikmasi: bolaning tashqi ko’rinishi va qiliqlaridan ruhiy holatidagi o’zgarishlarini aniqlash, ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususyatlarini anglash va izohlash ko’nikmasi; o’zini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish va pedagogik ta’sirning ancha kuchli vositalarini tez topa olish ko’nikmasi; to’g’ri talablar qo’ya bilish, pedagogik vazni va har bir o’quvchining xususyatlariga qarab ularni o’zgartira olish ko’nikmasi tarbiyalanuvchilarni o’ziga qarata olish ko’nikmasi ayrim bolalar o’quvchilar jamoasi va kichik guruhlar shuningdek ota-onalar va o’qituvchilar bilan pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlar o’rnata olish ko’nikmasi har xil odamlar bilan turli sharoritda aloqa qilish umumiy til topa bilish ko’nikmasi ijobiy yoki salbiy ijtimoiy -psixologik hodisalarning jamoadagi munosabatlarning xarakterini ocha bilish ko’nikmasi.
Pedagogik jarayonni to’g’ri uyushtirish sohasida qo’yilgan pedagogik vazifani asosli ravishda o’zgartira olish ko’nikmasi tashqi ta’sirlarga moslanishi yoki ulardan saqlanish sharoitga qarab harakat vositalarini tanlash va qayta o’zgartira olish malakasi o’quvchilarning jamoadagi o’zaro munosabatlariga muofiq ravishda ularni to’g’ri yo’lga sola bilish paydo bo’lib
turgan nizolarni yo’qota bilish o’quchilar orasida do’stlik va o’rtoqlikni rivojlantira olish ko’nikmasi ko’rsatilgan yo’l - yo’riqlarni amalga oshirish o’quvchilarning ishi ustida joriy nazorat qilish faoliyatning xarakter va yo’nalishini almashtirib turish ko’nikmasi.
Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuniga quyidagilar kiradi: ixtisosga doir bilimlarni bilish ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini bilish fanning nazariy va amaliy ahamiyatini hozirgi darajasi qonunyatlari tarixi va rivojlanishning keyingi asosiy yo’nalishlarini bilish maktab kursi fan asoslarining muqaddimasi ekanlgini tushunish ayrim fan sohasidagi bilimlarni chuqurlashrirish mustaqil ilmiy tadqiqotlar ishidan dastlabki malakalar hosil qilish bilimlarni mustaqil to’ldirish uchun bibliografik ma’lumotnomalar ko’rsatmalar profekt telematik katologlaridan foydalanish.
Ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuni maktablar rivojlanishining hozirgi bosqichida fanlarni o’qitishning maqsadi va vazifalari bilish davlat ta’lim standarti amaldagi maktab dasturi darsliklari va asosiy o’quv qo’llanmalari har tomonlama puxta bilish o’quvchilarda fanga qiziqishni uyg’otish va rivojlantira bilish mutaxasislik bo’yicha hamma o’quv tarbiyaviy ishlarni hozirgi zamon didaktikasi psixolog –pedagogik tizimli texnalogik yondashuvlar va texnikalar darajasida tashkil qila bilish oddiy ko’rgazmali qurollar tayyorlay bilish, o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash, maktabda olib borishga tayyorgarlik predmet
bo’yicha sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilish va boshqalar.
Pedagogik qobilyat va mahorat o’qituvchilik ishida muvaffaqiyotga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallash zarur. Pedagogik mahorat egallash kuch sarf qilib katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan mo’jizalar yaratadi, ijodkor bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatni iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lish mumkin .
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlanishi uchun esa iste’dod, layoqat, zehn ya’ni inson asab sistemasida anatoma fiziologik xususiyat ham bo’lishi mumkin. Ana shu tabiat zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning qo’yidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalanmog’i lozim.
1. Bilim qobiliyati - fanning tegishli sohalarga oid (matematika, fizika, biologiya, adabiyot)ga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarni ham bajara oladi.
2. Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish, o’quvchilarni mustaqil ravishda

fikrlashga o’rgatish, zarur holda o’quv materialini o’zgartira olish, soddalashtira olish, keyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga yetkazish kabilar.


3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlik va boshqalar. Bunday qobiliyatni o’quvchilar kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashqi belgilar asosida o’quvchilarning ruhiyatidagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham fahmlab oladi.


4. Nutq madaniyati yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda histuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratigan bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki ma’qullanayotgan bo’lsa ham, uning nutqi hamisha ta’sirchanligi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
Yüklə 30,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin