Boshlang'ich sinfda undosh tovush va harflarni o'rganish


Qo`sh tovushlar va ularning qo`llanilishi



Yüklə 59,32 Kb.
səhifə10/13
tarix01.12.2023
ölçüsü59,32 Kb.
#170332
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kurs ishi mavzu- “Boshlang\'ich sinfda undosh tovush va harflarni-fayllar.org

Qo`sh tovushlar va ularning qo`llanilishi
Ma’lumki, unli tovushlar so`zlarni shakllantirishda yakka holda, qo`sh holatda va ketma-ket holda qo`llanadi. Unlilarning yakka holatda kelishi o`zbek tili tabiatiga xos bo`lib, turli tipdagi ikki unli ketma-ket bir o`rinda kelishi yoki bir xil unlining bir o`rinda qo`sh holda qo`llanishi (poema, doim, sanoat, taajjub, matbaa) turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida boshqa tillarning ta’siri, xalqlarning o`zaro aloqasi tufayli paydo bo`ladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ao, oa, oi, ia, io kabi turli unlilarning ketma-ket bir o`rinda kelish hollari mavjud: jamoat, faol, doira, ...
Bir xil unlilarning aa, uu, ii, oo kabi qo`sh kelish hollari uchraydi: taalluqli, shuur, badiiy, inshoot. Deyarli barcha undoshlar qo`sh holatda (g, x, h, g` undoshlari bundan mustasno). qo`llanadi: qubba, avval, sodda, mijja, lazzat, tayyor, ikki, alla, omma, anneksiya, oppoq, burro, issiq, o`ttiz, iffat, achchiq, ishshaymoq, to`qqiz Bu undoshlar talaffuzda ham qo`sh tarzda aytiladi. Bu hodisa aloqalarning kengayishi tufayli yangi so`zlar hisobiga boyimoqda: musson, Ana, Emma, milliard, affiks. Qo`sh unlilar so`zning o`rtasida (manfaat), so`z oxirida (mutolaa), qo`sh undoshlar esa so`z boshida (ssenariy), o`rtasida (qattiq) va oxirida (kongress) qo`llanadi.
Turkiy tilga turli tipdagi undoshlarning so`z oxirida ketma-ket (qator) kelishi qo`sh undoshlarga nisbatan ancha ilgari o`zlashdi: daraxt, g`isht, payvand, Samarqand, keng, baxt, xursand kabi.
O`zbek tilida oldin so`z boshida undoshlarning ketma-ket kelish hollari yo`q edi, rus tili va boshqa tillarning ta’sirida adabiy tilimizda bu holat ham paydo bo`ldi: stol, stantsiya, stakan, stul kabi.

II.BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA YOVUVGA O’RGATISH JARAYONI BOSQICHLARI
2.1. O’quvchilarga unli va undosh harflarni farqini tushuntirish
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz
undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1- sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy o’yinlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
1- sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy o’yinlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun
savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish o’yinlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.


Yüklə 59,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin