So‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish
undagi harflarni tushirib
qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham,
so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod
o‘rgatishdan so‘ng ham so‘zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida
so‘zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko‘nikmasini takomillashtirish ustida ishlab
borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo‘linadi:
unli tovushlar va
undosh
tovushlar. Buni o‘quvchilarga tushuntirishda ularning
quyidagi belgilari hisobga
olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz
bo‘shlig‘idan erkin ravishda o‘tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz
bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh
tovushlar talaffuz
qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz
eshitiladi);
3) bo‘g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi, undosh
tovushlar bo‘g‘in hosil qilmaydi).
O‘quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik,
aksincha, 1-
sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq
a’zolarining vaziyatini kuzatish ko‘nikmasini o‘stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar
IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o‘zlashtirishga bunday
yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o‘zlashtirishga imkon berishi bilan birga,
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar
kuzatilgan hodisaning bir
necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga
o‘rganadilar.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan
ifodalanadi. 1-sinf o‘quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz;
v) harf - tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O‘quvchilar ko‘pincha tovush
bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo‘yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o‘rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
Dostları ilə paylaş: