Boshlang'ich sinflarda gimnastika mashg'ulotlarni shug’unlantrish


Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/4
tarix15.10.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#155678
1   2   3   4
Boshlang\'ich sinflarda gimnastika mashg\'ulotlarni tashkil qlish

Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar
Jismoniy tarbiya о‘quv dasturida gimnastikaga yetarlicha katta vaqt ajratiladi. О‘quvchilar gimnastika haqida nazariy ma’lumotlar olishlari, jismoniy, iroda va boshqa ruhiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator amaliy va sport gimnastikasi mashqlarini bajarish texnikasini egallab olishlari kerak.
Sport mashg‘ulotning vazifasini о‘quvchilarni jismoniy va mahnaviy qobiliyatlarini barkamol rivojlantirishda, harakat qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborat.
Gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etishdan oldin maktab sharoitidan kelib chiqib amalga oshirish kerak. Gimnastika mashg‘ulot umumiy rahbarligi maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari jamoasi zimmasiga yuklatiladi. Tо‘garak haftasiga 2-3 marta, 1-2 soatdan о‘tkaziladi. Gimnastika mashg‘ulotda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga e’tiboran guruhlarga bо‘linadi..
Bolalarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va salomatligini mustahkamlash tarbiyaning alohida usullari bilan, xususan, jismoniy va aqliy tarbiya bilan ajralmagan holda alohida amalga oshiriladi.
Jismoniy arbiya dasturiga mos ravishda ertalabki gimnastika odatda, ochiq havoda (chidamlilik va yugurish mashqlari) bilan о‘tkaziladi.
Gimnastikaning umumiy davomiyligi 30 daqiqagacha chо‘zilishi mumkin.
Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlarining namunaviy majmuasi (2-rasm).



2-rasm. Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari.



  1. Oyoq –qо‘lni chо‘zish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat: asosiy turish. 1. Qо‘llar boshning orqasiga qо‘yiladi. 2. Oyoq uchlarida turib chap tomonga yarim buriling, 3. Qо‘llar ochiladi (nafas oling), 4. Oyoq kaftlariga turib, qо‘llar boshning orqa qismiga qо‘yiladi. 5. Dastlabki holat. 6-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi.

  2. О‘tirib turishlar (4 martadan). Dastlabki holat. 1. Oyoq uchida turib, qо‘llar yuqoriga chо‘ziladi (nafas oling). 2-3. Ikki marta о‘tirib turish (prujinasimon). 4. Dastlabki holat. 5-6. Sekin о‘tiring, qо‘llar belda. 7-8. Dastlabki holat.

  3. Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old tomonga qaratgan xolda qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yoysimon orqaga egiling. 2-3. Oldinga ikki marta egilib, qо‘llarni (kaftlarni) polga tekkizing. 4. Rostlaning, qо‘llarni yon tomonga yoyiladi. 5-6. Oldinga egiling. 7-8. Dastlabki holat.

  4. Yon tomonga egilish (har tomonga 4 martada). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchiga turib, yon tomonga egiling, qо‘llar yon tomonga uzatiladi. 2-3. Chap tomonga 2 marta prujinasimon egiling, о‘ng qо‘lni yuqoriga chо‘zing, chap qо‘l belga qо‘yiladi (chap yelka orqali chap oyoq uchiga qarang). 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi.

  5. Tanani doirasimon harakatlantirish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchi orqa tomonga chо‘ziladi, qо‘llarni yon tomonga uzatib, kaftni yuqoriga qaratiladi. 2. Chap oyoqni oldinga uzatib, oyoq ostiga chapak chalinadi. 3. Chap oyoq uchini orqaga chо‘zib, qо‘llar yon tomonlarga chо‘zilib, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa oyoq bilan takrorlanadi.

  6. Yotgan holda qо‘llarni bukish (4 marta). Dastlabki holat. 1. О‘tiriladi. 2. Yotiladi. 3. Qо‘llrni bukib, chap oyoq orqa tomonga uzatiladi. 4. Yotiladi. 5-6. Qо‘llarni egib, о‘ng oyoq orqa tomonga uzatiladi va yotiladi. 7. О‘tiriladi. 8. Dastlabki holat.

  7. 15 daqiqa sekin yurish va yugirish (goh bir, goh ikkinchi oyoqda sakrash, ikkala oyoqda xar xil sakrash).

  8. Muskullarni bо‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari.










Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin