Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə8/10
tarix17.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#88505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
loyiha 9-mart

TADQIQOT MUHOKAMASI.
O‘zbekistonda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Shu ma’noda mazkur toifa mutaxasislarni maktabda o‘tiladigan fanlarni integratsiyalashtirib o‘tishga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlar ilmiy salohiyati, ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratiga nisbatan yuksak talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim jarayoniga integrative yondashuvni amalga oshirish imkonini beruvchi kreativ komponentlar bankini yaratish, elektron o‘quv resurlarini ishlab chiqish, o‘quv fanlarini integratsiyalash, boshlang‘ich ta’lim mazmunining ilmiy-metodik ta’minoti yaratish muhim ahamiyatga ega.27
Har bir davlatda ta'lim tizimiga alohida e'tibor beriladi, chunki ta'lim har bitta muammoga yechim bo‘la oladi. Aynan O‘zbekistonda ham ta’limda islohatlar olib borilmoqda. Zamon talablariga mos keladigan kadrlar tayyorlash, sifatli va o‘quvchilarga har taraflama mos keladigan dars ishlanmalar ishlab chiqarish, mentalitetimizga mos ta'lim- tarbiyani uzviy holda olib borish, ta'lim dargohlarida axborot texnologiyalardan foydalanish kabi muhim masalalarga oid qaror, nizomlar ishlab chiqarilmoqda.
O‘quvchilarga integratsiyalashgan darslar o‘tish jarayonida tushuntirilayotgan mavzuni bevosita hayotga bog‘lashning ahamiyati katta. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarni integratsiyalash hozirgi davr talabidir. Zero, o‘quv fanlarni integratsiyalash dars jarayonini osonlashtiradi. O‘quv fanlarini integratsiyalash ta’lim va tarbiyaning uzviy olib borilishi, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxs sifatida voyaga yetishida beqiyos o‘ringa ega.
Texnika taraqqiy etgan bugungi kunda o‘qituvchi o‘z ustida ishlamas ekan, samarali natijalarga erishishi qiyin. Darsni samarali tashkil etish uchun, mavzuni qiziqarli yangiliklar bilan boyitish zarurdir. Bunda integratsiyalashgan darslar ijobiy natija beradi.28
Integratsiyalashgan dars o’tishning eng muhim tomoni o‘quvchilarni hayotni bir butun shaklda tasavvur qilishga o‘rgatish, aynan bir nechta fanlarni umumlashtirganda, o‘quvchilar mantiqiy jihatdan yaxlitlangan fanlardan birorta ma’lumot yoki mashqni eshitishi, tushunishi, bajarishi lozim bo‘lsa o’quvchilarda o’sha narsa haqida umumiy tasavvur bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinflarda 45 daqiqada oldin bitta fan o’tilgan bo’lsa, hozir integratsiyalashgan darsliklar hisobiga (aslida integratsion darslar 45 yoki 60 daqiqa) ikkita yoki uchta fan umumlashtirilyapti. Demak, pedagog integratsiyalashgan dars o’tishda har bitta darsdagi qo’yilgan maqsadga erishishi uchun, uning pedagogik mahorati, bilim saviyasi yuqori bo‘lishi hamda metodlardan samarali foydalana olishi kerak. Oliy ta’lim dargohidagi bo’lajak o’qituvchilarni, integratsiyalashgan dars o’tishga yo’naltirish kerak. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, oliy o’quv yurtlarini bitirayotgan talabalar o’z kasbining yetuk mutaxasislari bo’lishlari shart.
Fanlarni o‘zaro integratsiyalashdan asosiy maqsad o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar takrorlanishning oldini olish, bir xillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday ekan, integratsiyalash orqali vaqtni tejagan holda o‘quvchilarga har tomonlama puxta bilim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo‘ladi.29
Jahon tajribasini o’rganar ekanmiz Kembrij universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Kaliforniya universitetlarda va boshqa universitetlarda allaqachon integratsiyalashgan darslar o’tiladi. O’zbekistonda integratsiyalashgan darslarni aynan boshlang’ich sinflardan boshlangani, pedagoglar uchun bir qancha ma’suliyat hamda, o’z kasbiga, o’ziga nisbatan talabni oshiradi. Birinchi va ikkinchi sinflardagi “Ona tili” va “O’qish” darsliklari hozirda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” nomli integratsiya asosidagi darslik joriy etildi. Bu fanni o’qitish ta’lim jarayoniga bir qancha afzalliklar va yangiliklar olib kiradi. Sinfdagi hamma o’quvchilarning har biri bilan individual shug‘ullanish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu shaklda integratsiyalashgan darslarning interfaol tarzda o‘tilishi o‘quvchilarni shaxs sifatida shakllantiradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin