“boshlang’ich sinflarda interfaol usullardan foydalanish” Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.07.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#136055
1   2   3   4   5   6
161-167

www.pedagoglar.uz
42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 163 
manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etish imkonini 
beradi. 
“Kim ko’p so’z tuzadi” o‘yini 
O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu 
harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida kelishi lozimligi vazifasi 
beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping. 
So‘z boshida: ayiq, asal,... . 
So‘z orasida : sariq, maktab.... 
So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi. 
“Harflarni shunday o’zgartiring-ki, so’z hosil bo‘lsin” o‘yini. 
Bolalarga so‘zlar beriladi. O‘quvchilarga so‘zdagi biror harfni o‘zgartirish 
orqali boshqa so‘z hosil qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Kim ko‘p so‘z tuza olsa, 
ana o‘sha o‘quvchi g‘olib sanaladi. Masalan: Maktab – maqtab, bor - bosh kabi. 
«Berilgan harflar asosida she’rlar ayting» o'yini 
Mavzuga oid biror so‘zning bosh harfiga moslab she’r, matn yaratish vazifasi 
qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘z mazmunini inobatga olib she’rlar to‘qishlari kerak. 
Masalan:
Vatan azizdir,
Azizdir elda. 
Tinchligin istaydi,
Aziz elimda.
Nomi o‘chmas,
Mening dilimda kabilar. 
“Berilgan bo’g’inlarga bittadan harf qo’shib so’zlar hosil qiling” o‘yini. 
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z 
hosil qilishlari kerak. Masalan: Far: farq, fard, farz. Dar: dard, dars, darz kabilar. 
“Berilgan so‘zlardagi harflarni ko’rsatilgan raqamlar tartibi bilan 
bajarish” metodi.
Berilgan so‘zning har bir harfi ketma-ketlikda (1,2,3,4...) raqamlanadi. 
O‘quvchi yangi so‘z hosil qilish uchun o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida berilgan 


www.pedagoglar.uz
42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 164 
raqamlar tartibini inobatga olib, yangi so‘zlar hosil qilishlari lozim: 1,2,3,4,5 –
chuqur, 2, 1,3, 4,5-uchqur, 3, 4,5,1,2 –qarich. 
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol 
usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini 
tashkillashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter 
beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va 
o‘qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va 
texnologiyalardan namunalar keltiramiz: Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni 
boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir.
Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yo‘qotishga qaratilgan 
usul.
Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro 
yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi. Aqliy hujum yoki aqliy hamla bu - metod 
asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos 
muammo, vazifa xususida barcha o‘quvchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni 
yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar 
umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin