“boshlang’ich sinflarda interfaol usullardan foydalanish” Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.07.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#136055
1   2   3   4   5   6
161-167

“Debat” usuli 
Debat bu usulning maqsadi, o‘zaro bahs-munozara asosida mukammal 
yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir. Gaplarni oxiriga yetkazish - bu mashqda 
o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar 
bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni 
mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi. 
“Davra suhbati” metodi 
Davra suhbati - ta'lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir- birlarining 
savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi 
orqali savol-javobga kirishadilar. Guruhdagi munozaralar - qoida tariqasida boshqa 
texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir: 


www.pedagoglar.uz
42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 165 
A) katta guruhda muhokama - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir 
bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan 
yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi. 
B) kichik guruhlarda muhokama - mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy holatda 
masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan muammolar 
yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi ishtirok 
etadigan davra. 
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi. 
O’quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida 
ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga 
oshiriladi: 
- o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi 
tushunchalar tizimini shakllantirish; 
- hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita, ...) 
va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish
- o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni 
tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; 
- o’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni 
mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga 
ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni 
asoslashlarini talab etish lozim). 
Mazkur metod o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) 
yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch 
tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar 
tashkil etiladi: 
- o’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan 
asosiy tushunchalar tizimini yaratadi; 
- o’quvchilar mavzuga (bo’lim, bob) oid va oid bo’lmagan asosiy 
tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan 
chiqaradilar; 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin