www.pedagoglar.uz 42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 166
- o’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan
mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash
maqsadida foydalanish mumkin. 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi
darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi
mavzularini o’rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodini
qo’llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to’rtta va taalluqli bo’lmagan
(ortiqcha) bitta so’z (tushuncha, fikr) beriladi.
O’quvchilar ana shu so’zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Masalan, 1-sinf ona
tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda
quyidagicha qo’llash mumkin. Yozuv ekranda ko’rsatiladi. O’quvchilar ortiqcha
so’zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo’y, toshbaqa, ot, it. So‘ngra bu so’zlar
ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya
beriladi.
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan
gaplar asosida ularning qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishiga o‘rgatiladi.
«Videotopishmoq» metodi.
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter,
televideniye, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio
magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan
o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. “Videotopishmoq”
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o’quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
- o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
- jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
-o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.