3.O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni
to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga,
mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli
puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol
usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil
qilishi kerak. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilishi darkor:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham shu
asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib
chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‘quvchilarni
psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish kerak. Chunki hamma
o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirish va fikrini erkin
bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish, odatda tashqaridan
cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun avval
kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faolligini rag‘batlantirish
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi.
3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq
samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘quvchili
sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘qitishning sifati
o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi
fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini
kuzatib borishi uchun sinfda o‘quvchilar juda ko‘p bo‘lmagan ma‘qul. Xonada
o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin
harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak.
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun
stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda joy
almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska
va ―sahna‖ da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki yarim qaratib
qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi.
O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab
tushuntirishi va hamma shartlar oldindan aytib kelishib olinishi kerak. Masalan
guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish shakli, har bir ish
turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi
o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi
kerak. Yana bir masalaga alohidan e‘tibor berish kerakki, har qanday fikr –
mulohaza, taklifni sabr bilan eshitishi, bir – birini hurmat qilish va bahamjihat
bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni
guruhlarga ajratishi masalaga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat o‘quvchilar
ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa
faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va uyatchan, passiv
o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib,
ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov
tasodifiy bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan
jetonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi bo‘yicha ajratiladi, roller
konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagilar:
―Adashgan zanjirlar‖ usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni
tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz
joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6
kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.Masalan 4-
sinf darsligidan ―Noma‘lum qo‘shiluvchini toppish‖ qoidasi: ―Noma‘lum
qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma‘lum qo‘shiluvchini ayirish kerak‖,
shunday o‘zgartiriladi: qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan
ma‘lum kerak qo‘shiluvchi‖ So‘zlar alohida qog‘ozlarga yoziladi va ko‘rgazma
taxtasiga betartib joylashtiriladi. O‘quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir
guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar.
―Bahs – munozara‖ da o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini
qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish,
yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va
guruhda ishlash mumkin.
―Muammoli savollar‖ sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni
mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli
savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni
juft – juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va
umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar
bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasiga yozib qo‘yiladi:
O‘zaro hurmat.
O‘ng qo‘l qoidasi.
Navbatma – navbat so‘zga chiqish.
Dars jarayonidamustaqil, ijodiy fikrlash.
Faollik
O‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik.
Yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish.
Barcha sinf o‘quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish.
Mavzu bo‘yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‘zlashga
erishish.
Qiziqarli g‘oyalarni taklif qilish.
Ijodiy yondashish.
Samarali ishlash.
―Kichik guruhlarga bo‘lish metodi‖ – bu o‘qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy
yondashuviga ko‘ra turli xil metodlar asosida qo‘llanishi mumkin. Guruhlarga
bo‘lishda sinf o‘quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai
nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda
turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan har xil shaklda, kichkina
hajmda, sinf o‘quvchilarning jami sonini hisobga olgan holda, oldindan
tayyorlangan kesma shakl ( doira, uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak va
hokazo ) lardan foydalaniladi. Tayyorlab qo‘yilgan rangli shakllar o‘quvchilarga
tarqatiladi ( bu holda har xil o‘quvchi ixtiyoriy ravishda o‘zi xohlagan rangdagi
shaklni tanlab oladi). O‘quvchilar tanlab olgan shakllar yoki ranglar asosida
o‘qituvchi o‘quvchilarni osongina
Sinf xonasidan eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar
jufti yoki, ketma-ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba‘zi muammolarni
hal qilish ayniqsa, shu kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida
tayyorlash va partalarni surib, joylarni o‘zgartirish majburiyatidan o‘qituvchini
ozod qiladi. Agar shunday tartibda ishlash o‘rganilsa, sinfni guruhlarga bo‘lish,
guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.
Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‘lgan eng samarali usullaridan
biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul
esa, o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir. Agar guruhlarga
mavzu yuzasidan savol tuzish, misol va masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasi
berilsa, o‘quvchining darsga e‘tibori oshadi, fikri uyg‘onadi, agar savol tuzisb
berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zlari bilishi ham kerak bo‘lsa,( albatta hamma
vaqt emas, ba‘zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi bilmasligi mumkin)
bolalar darsda e‘tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga
o‘rganadi.
―Klaster‖ metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq
o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam
beradi. Bunda o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil
etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. ―Klaster‖ metodi
o‘quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, mavzuga oid
hamma tushunchalarni eslashga o‘rgatadi. ―Klaster‖ so‘zi bog‘lam, dasta
ma‘nosini bildiradi. Bu metod orqali biror mavzuga oid o‘quvchilar biladigan
tushunchalarni aniqlashda biror – bir mavzu o‘rganilgandan keyin o‘quvchilar
o‘rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni amalga oshirish uchun
doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z bilan
bog‘liq hamma so‘z va so‘z birikmalarini eslab doskaga yozish taklif qilinadi.
Bog‘lamlar ko‘p bo‘lishiga harakat qilinadi, hamma so‘zlar ( oxirgi so‘z
qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‘tibor berilmaydi, hamma o‘quvchiga imkoniyat
beriladi. Ishni misollardan boshlash maqsadga muvofiq. Masalan 3-sinfda
bo‘lishga oid asosiy misol turlarini yig‘ishni taklib qilaylik. O‘quvchlar barcha
misollarni taklif qilgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘z variantini namoyish qiladi va bu
ishlar taqqoslanadi. O‘qituvchi variant:
―Klaster‖ metodi ―Vaqt birliklari‖, ―Tenglama‖, ―Masala turlari‖ va
boshqalarga oid bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (1999 yil 16 avgust) //Xalq ta’limi j. 1999. № 5
2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000.
3. Tolipov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - Toshkent: “Fan”. 2005.
4. Sherqulov. M . Ma’ruza matni dan, Toshkent: 2012.
Dostları ilə paylaş: |