Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interaktiv metodlardan foydalanish reja: Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va ularning tavsifi



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#122300
  1   2
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interaktiv metodlar


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH


REJA:
1. Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va  ularning tavsifi 
2.Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi
3.O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladi-gan usullar


1.Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va
ularning tavsifi 

Zamonaviy ta‘limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri 


ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak 
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 
o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular 
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash 
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan 
yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan 
mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba 
asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. 
Ta‘limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar ta‘lim jarayoniga o‘zlari 
bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar.Tajriba shuni ko‘rsatadiki , 
zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lgan bilimlarni samarali o‘zlashtiradi. 
Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x, beg‘ubor bolalik
gashtini surayotgan, ba‘zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45 
daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta‘limga yuza qaraydigan o‘quvchilarham yo‘q emas. 
Interfaol metod - ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi
o‘rtasidadagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol
metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol

ta‘limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o‘tkazish, o‘quv 


materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, o‘quvchilar tashabbus 
ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash 
uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim – 
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy
yo‘nalishlardan biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan
iboratdir. 
Barcha fan o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham 
dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda 
foydalanmoqdalar. 
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, 
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda 
himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari 
shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik
tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat,
mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi 
darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga
harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, 
ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining 
negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga
o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta‘limning 
interfaol strategiyalari ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng 
jamoani qamrab olishga m o‘ljallanganligini, o‘qituvchining faqatgina yo‘l - 
yo‘riq ko‘rsatuvchi nazoratchiga aylanishinini, o‘qitishning erkin va 
majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o‘quvchilar uchun o‘ta qiziqarligini va 
samaradorligini ta‘minlab bera oladi. Vazifamiz taqdim etilayotgan matematik 
ma‘lumotlar tizimini o‘quvchilar ongiga singdirishda imkon qadar oson,qiziqarli, 
serqirra va shu bilan birga samarali yo‘llarini ishlab chiqarishdan iborat. 
Interfaol strategiyalarning qo‘llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini 
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olingan 
passiv o‘quvchilarni ham bir oz bo‘lsa–da, lekin yuritishga o‘z fikrlarini keng 
ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs – munozaralarga befarq 
bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi. 
An‘anaviy usulda tuzilgan darsga o‘quvchilarning faqat bilim olishiga talab 
qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining yangi modelida bilim bilan birga ta‘lim 
samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham yuqori o‘ringa 
qo‘yiladi. Bunda dars mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi 
an‘anaviy, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga katta e‘tibor 
qaratiladi, buning uchun esa o‘quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasini 
singdirib borish zarur. Bu borada quyidagilarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi: 
1) 
matematikada o‘qitish jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
yordamida tashkil qilinishini talab etadigan ma‘lum tizimga ega bo‘lgan 
yondashuvlar tamoyillari; 
2) uzluksiz matematika ta‘limini tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali 
qo‘llash zarurati haqidagi ilg‘o pedagogik g‘oyalari; 
3) o‘qitish jarayonini faollashtirish hamda uzluksiz ta‘limda pedagogik 
texnologiyalar nazariyasi; 
4) tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi; 
5) shaxsning ijobiy rivojlanish nazariyasi; 
Umuman olganda,matematika o‘qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga erishish mumkin, agar: 
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida o‘qitishning interfaol metodlari 
o‘qitilayotganlarning mustaqil, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish vositasi 
sifatida qo‘llanilsa; 

- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash 


jarayonini o‘qitilayotganlar haqiqiy o‘quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq 
hisobga olgan holda,ularda matematik bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan 
mustahkam qiziqishlarni shakllantirish imkoniyatlari ta‘minlasa; 
- uzluksiz ta‘lim tizimida matematika o‘qitish jarayoni murakkab aqliy 
faoliyat sifatida qaralib, u faqatgina ahdozali darsdagi da‘vat, anglash va 
fikrlash bosqichlari to‘g‘ri amalga oshirilgandagina to‘laqon bo‘ladi, deb 
qaralsa; 
- uzluksiz ta‘lim tizimida amaliy mazmunga ega bo‘lgan matematik 
tushunchalarni o‘qitishdan 3 ta asosiy (ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) 
maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa. 
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
1) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning 
ta‘limiy – rivojlantiruvchi rolini aniqlash; 
2) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini 
va ularni qo‘llash tamoyillarini aniqlash; 
3) uzluksiz matematik ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llashda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish usullarini 
aniqlash; 
4) matematika o‘qitish jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha 
maktablarga mo‘ljallangan o‘quv – metodik , didaktik tarqatma 
materiallarni ishlab chiqish. 
Bugungi milliy tarbiyashunoslikka ― Interfaol usullari‖ nomi bilan 
kirib kelayotgan usullar o‘quvchi o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy 
kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini 
nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma‘lum nazariy bilimlarni 
o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hasl 
qilish, ma‘naviy sifatlarni shakllantirish shu bilan birga ularni nazorat 
qilish, hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va 
chaqqonlik talab qiladi. 

2. Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha 


o‘quvchilar faollashishi zarur, ya‘ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining
ma‘lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi( yakka, juft – juft 
yoki guruh bo‘lib ), so‘ngra bu material sinfda har tomonlama muhokama etiladi. 
Amaliy ishlar ham shu tariqa bajariladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar 
o‘qiyotganliklarini, muallim ularga o‘qish va o‘rganishlari uchun yordam 
berayotganini anglasinlar. O‘qituvchi – o‘quv jarayonini tashkilotchisi, rahbari, 
nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati
uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini 
erkin bayon qila oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchining bilimini sinashi, 
ko‘nikma va malakalarini aniqlashi, uning shaxsiy fikrini bilishi uchun albatta 
to‘g‘ri savol qo‘ya olishi kerak. 

Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin