Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interaktiv metodlardan foydalanish reja: Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va ularning tavsifi


O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullar



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#122300
1   2
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interaktiv metodlar

 3.O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni 
to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga
mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli 
puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol 
usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil 
qilishi kerak. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilishi darkor:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol 
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta 
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham shu 
asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib 
chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi. 
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‘quvchilarni 
psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish kerak. Chunki hamma
o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirish va fikrini erkin 
bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish, odatda tashqaridan 
cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun avval 
kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faolligini rag‘batlantirish 
va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi. 

3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq 


samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘quvchili 
sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘qitishning sifati 
o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi 
fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini 
kuzatib borishi uchun sinfda o‘quvchilar juda ko‘p bo‘lmagan ma‘qul. Xonada 
o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin 
harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak. 
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun 
stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda joy 
almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska 
va ―sahna‖ da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki yarim qaratib 
qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi. 
O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi 
tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi. 
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab 
tushuntirishi va hamma shartlar oldindan aytib kelishib olinishi kerak. Masalan 
guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish shakli, har bir ish 
turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi 
o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi 
kerak. Yana bir masalaga alohidan e‘tibor berish kerakki, har qanday fikr – 
mulohaza, taklifni sabr bilan eshitishi, bir – birini hurmat qilish va bahamjihat 
bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi. 
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni 
guruhlarga ajratishi masalaga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat o‘quvchilar 
ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa 
faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va uyatchan, passiv 
o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib, 
ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov 
tasodifiy bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan
jetonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi bo‘yicha ajratiladi, roller 
konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagilar: 
―Adashgan zanjirlar‖ usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni 
tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid 
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz 
joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 
kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.Masalan 4-
sinf darsligidan ―Noma‘lum qo‘shiluvchini toppish‖ qoidasi: ―Noma‘lum 
qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma‘lum qo‘shiluvchini ayirish kerak‖, 
shunday o‘zgartiriladi: qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan 
ma‘lum kerak qo‘shiluvchi‖ So‘zlar alohida qog‘ozlarga yoziladi va ko‘rgazma 
taxtasiga betartib joylashtiriladi. O‘quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir 
guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar. 
―Bahs – munozara‖ da o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini 
qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish, 
yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va 
guruhda ishlash mumkin. 
―Muammoli savollar‖ sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni 
mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli 
savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni 
juft – juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va 
umumlashtirib yagona yechimga kelinadi. 
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar 
bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasiga yozib qo‘yiladi: 
O‘zaro hurmat. 
O‘ng qo‘l qoidasi. 

Navbatma – navbat so‘zga chiqish. 


Dars jarayonidamustaqil, ijodiy fikrlash. 
Faollik 
O‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik. 

Yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish. 


Barcha sinf o‘quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish. 
Mavzu bo‘yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‘zlashga 
erishish. 
Qiziqarli g‘oyalarni taklif qilish. 
Ijodiy yondashish. 
Samarali ishlash. 

―Kichik guruhlarga bo‘lish metodi‖ – bu o‘qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy 


yondashuviga ko‘ra turli xil metodlar asosida qo‘llanishi mumkin. Guruhlarga 
bo‘lishda sinf o‘quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai 
nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda 
turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan har xil shaklda, kichkina 
hajmda, sinf o‘quvchilarning jami sonini hisobga olgan holda, oldindan 
tayyorlangan kesma shakl ( doira, uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak va 
hokazo ) lardan foydalaniladi. Tayyorlab qo‘yilgan rangli shakllar o‘quvchilarga 
tarqatiladi ( bu holda har xil o‘quvchi ixtiyoriy ravishda o‘zi xohlagan rangdagi 
shaklni tanlab oladi). O‘quvchilar tanlab olgan shakllar yoki ranglar asosida 
o‘qituvchi o‘quvchilarni osongina
Sinf xonasidan eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar
jufti yoki, ketma-ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba‘zi muammolarni 
hal qilish ayniqsa, shu kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida 
tayyorlash va partalarni surib, joylarni o‘zgartirish majburiyatidan o‘qituvchini 
ozod qiladi. Agar shunday tartibda ishlash o‘rganilsa, sinfni guruhlarga bo‘lish, 
guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi. 

Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‘lgan eng samarali usullaridan 


biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul 
esa, o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir. Agar guruhlarga 
mavzu yuzasidan savol tuzish, misol va masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasi 
berilsa, o‘quvchining darsga e‘tibori oshadi, fikri uyg‘onadi, agar savol tuzisb 
berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zlari bilishi ham kerak bo‘lsa,( albatta hamma 
vaqt emas, ba‘zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi bilmasligi mumkin) 
bolalar darsda e‘tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga 
o‘rganadi. 
―Klaster‖ metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq 
o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam 
beradi. Bunda o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil 
etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. ―Klaster‖ metodi 
o‘quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, mavzuga oid 
hamma tushunchalarni eslashga o‘rgatadi. ―Klaster‖ so‘zi bog‘lam, dasta 
ma‘nosini bildiradi. Bu metod orqali biror mavzuga oid o‘quvchilar biladigan 
tushunchalarni aniqlashda biror – bir mavzu o‘rganilgandan keyin o‘quvchilar 
o‘rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni amalga oshirish uchun 
doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z bilan 
bog‘liq hamma so‘z va so‘z birikmalarini eslab doskaga yozish taklif qilinadi. 
Bog‘lamlar ko‘p bo‘lishiga harakat qilinadi, hamma so‘zlar ( oxirgi so‘z 
qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‘tibor berilmaydi, hamma o‘quvchiga imkoniyat 
beriladi. Ishni misollardan boshlash maqsadga muvofiq. Masalan 3-sinfda 
bo‘lishga oid asosiy misol turlarini yig‘ishni taklib qilaylik. O‘quvchlar barcha 
misollarni taklif qilgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘z variantini namoyish qiladi va bu 
ishlar taqqoslanadi. O‘qituvchi variant: 
―Klaster‖ metodi ―Vaqt birliklari‖, ―Tenglama‖, ―Masala turlari‖ va 
boshqalarga oid bo‘lishi mumkin. 

Foydalanilgan adabiyotlar


1. “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (1999 yil 16 avgust) //Xalq ta’limi j. 1999. № 5


2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000.
3. Tolipov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - Toshkent: “Fan”. 2005.
4. Sherqulov. M . Ma’ruza matni dan, Toshkent: 2012.
Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin