O`qituvchi: - Aziz o`quvchilar karra jadvalini o`rganishga qiynalyapsizmi?. Karra jadvalini shoshmasdan,tushunib yodlasangiz hech ham qiynalmaysiz.Keling birgalikda kayfiyatimizni ko`targan holda mana bunday she`riy tarzda yodlaymiz.
1. Birlashing birlikda kuch,
Yetti karra to`qqiz oltmish uch.
2. Terak shoxi bo`lar mo`rt,
Ikki karra yetti o`n to`rt.
3. Ikki yarim bir yorti,
Olti karra olti o`ttiz olti.
4. Sanashni o`rgan oyqiz ,
Yetti karra yetti qirq to`qqiz.
5. Egri yo`ldan yugurma ,
Besh karra to`rt yigirma.
6. O`rmonda yurar ukki,
Olti karra yetti qirq ikki.
7. Senimi shoshmay tur,
Uch karra yetti yigirma bir.
8. Matematikada juda ko`p sir,
To`qqiz karra to`qqiz sakson bir.
9. Tishlarim bor o`ttiz ikki,
Ikki karra olti o`n ikki.
Bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi
Mavzu: 100 sonini hosil qilish.
Maqsad:
fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, muammolarni yechishga, maqsadli qarorlar qabul qilishga o’rgatish.
mavzu asosida misol-masalalar yechdirish, o’quvchilar olgan
bilimlarini mustahkamlash, amalga qo’llay olishga o’rgatish.
Mustaqil fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, ularning
qobliyatlarini takomillashtirish, hisob-kitob malakalarini o’stirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’tmishga hurmat bilan
qarashga, yurtimizning tarixiy qadamjolarini asrab-avaylashga o’rgatish.
III. Dars turi: bilim beruvchi
IV. Usul: an’anaviy
V. Uslub: aralash
VI. Dars jihozi: Mavzuga oid rasmli ko’rgazmalar, darslik, bolalarni
rag’batlantirish uchun “rag’bat” va “jarima” kartochkalari, quticha, test.
Dostları ilə paylaş: |