Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib boruvchi rahbarlar uchun uslubiy qo’llanma



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə4/8
tarix24.05.2022
ölçüsü1,8 Mb.
#59379
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlar

Ushbu kvadratning bo'sh
kataklariga sonlarni shunday
joylashtiringki, har bir yo'na- lishdagi uchta sonning yig'indisi 60 ga teng bo'lsin.















3,6,9,12,15,18,21,24,27 sonlarini
Ushbu kvadrat kataklariga
shunday joylashtiringki,
har bir yo’nalishdagi uchta
sonning yig’indisi 45 ga teng
bo’lsin.


Tez va aniq hisobla!


1+2+3+4+5+6+7+8+9=
(1+9)+(2+8)+(3+7)+(4+6)+5=
=4×10+5=40+5=45
Matematik o‘yinlar.


Matematik o’yinlar o’quvchilarni yanada chuqurroq bilim olishlarida, ularning fikrlash qobilyatini o’stirishda, qiziqishini, mantiqiy tafakkurini oshirishda, topqirlik, ziyrakligini rivojlantirishda yordam beradi. O’quvchilarning matematika faniga qiziqishlarini orttirish uchun rang-barang o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ana shunday o’yinlar bilan mashg’ulot davomida o’quvchilarning zerikishiga va chalg’ishiga yo’l qo’ymaydi. Bunday o’yinlar o’quvchilarni hozirjavoblikka, chaqqonlikka o’rgatadi.
Birinchi sinfga kelgan kichkintoylar uzoq vaqt jim o’tira olmaydilar, ular asosiy mashg’uloti o’yin bo’lgan joy, uy va bog’chadan kelganlar. Ularni birdaniga o’yindan mahrim qilib bo’lmaydi.
Shuning uchun biz bolalarni o’yin orqali tarbiyalashimiz kerak. Chunki bolalar o’yinda o’zaro munosabatga kirishadilar, natijada ularning xulq-atvori va muomala madaniyatida ijobiy sifatlar tarkib topa boradi.
1-sinf matematika darslarida o’quvchilarning og’zaki va yozma hisoblash malakalarini oshirishda “O’rningni top”, “Yashiringan raqamlar”, “Bog’bon bola”, “Zanjir bo’lib sanash”, “Jim”, “Narvoncha”, “Sonni top”, “Zinama-zina”, “Qo’ziqorin” kabi o’yinlar katta yordam beradi.
O’rningni top” o’yini quyidagicha o’tkaziladi.
Qizlar juft raqamlarni 2,4,6,8,10, o’g’il bolalar toq sonlarni 1,3,5,7,9 va (+), (-), (=) ishoralarini ishlab doira shaklida turadilar. Xat tashuvchi qiz ularga xat olib keladi. Masalan: 3+1 4+2 5-2

Ertak qahramoni kim?”


Bu o’yinda atrofdagi raqamlarni kvadrat ichidagi katakchalarga joylashtirish kerak. Natijada hamma tomondan hisoblanganda 15 ga teng bo’lsin. Shunda ertak qahramonining nomi chiqadi. “Bo’g’irsoq”.


Topishmoq” o’yini ham juda qiziqarli. Masalan, hammasi bo’lib menda 5 ta cho’p bor, bir qo’limda 3 ta, boshqasida nechtasi- deb o’quvchilar navbat bilan aytadilar.


Mehmon-mehmon” – o’yini o’quvchilarni mehmondo’st bo’lishga, qizg’anchiq bo’lmaslikka o’rgatadi.


Mehmondo’stning 8 ta olmasi bor edi, u ikki o’rtog’ini mehmonga chaqirdi va olma berib mehmon qildi. U mehmonlarga nechtadan olma berishi mumkin?

Kim ko’p gul teradi?”


Ikki qiz doska oldiga chiqariladi. Stol ustiga qog’oz gullar qo’yilgan bo’lib, bu gullar orasiga misollar yozilgan. Har bir o’quvchi tergan gullarining javobini doskaga yozib boradilar. Qaysi qizning javoblari to’g’ri bo’lsa, shu qiz g’olib hisoblanadi.
Matematika darslarida “she’riy topishmoq” o’yinlaridan ham foydalanish mumkin. Bu o’yin ham o’quvchilarni og’zaki hisoblash malakalarini oshirishga yordam beradi.



  1. O’ynar 3 ta qiz bola.

Go’yo ochilgan lola,
Do’stlar keldi 5 ta,
Ayt, ular bo’ldi nechta?

  1. Bog’dan terdik nok, olma,

Tingla, eshitmay qolma,
Besh savat bo’ldi yarmi,
Qancha bo’ladi jami?
Kvadrat va tayoqchalar” o’yini ham o’quvchilarni o’ylashga, fikrlashga o’rgatadi. 10 ta, 11 ta, 12 ta tayoqchadan 3 ta kvadrat yasash kerak. Bu o’yinni hamma o’z partasida bajaradi. Kim tez va to’g’ri bajarsa, rag’batlantiriladi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin