Boshlang’ich sinflarda matematika fanini interfaol metodlar yordamida o’tish



Yüklə 208,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü208,09 Kb.
#117435
1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanini-interfaol-metodlar-yordamida-o-tish

Keywords: arithmetic, elementary education, interactive methods. 
Maktab, ta’lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi Asosiy 
qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
422


xalqimizning ishtiroki va qo’llab – quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir. 
Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa 
bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni 
uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab 
qilinadi. 
O’rta maktablarda matematika o’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan 
belgilanadi: 
1. Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi. 
2. Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi. 
Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo’yadi: 
a) O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. 
Bu bilimlar tizimi matematika fani to’g’risida o’quvchilarga yetarli darajada 
ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo’limlarini o’rganishga 
tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilar o’qish jarayonida 
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o’rganishlari, ya’ni isbotlash 
va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak. 
b) O’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish. 
Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz so’zlash, o’z fikrini 
aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam 
berishi kerak. Bu degan so’z o’quvchilarning har bir matematik qoidani o’z ona 
tillarida to’g’ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik 
ifodasini formulalar yordamida to’g’ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha 
shakllantirish demakdir; 
v) O’quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga 
o’rgatish. Bu yerda o’quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan 
tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi 
miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko’zda 
tutiladi. 
Bunday bilim berish orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari 
shakllanadi hamda mantiqiy fiklashlari yanada rivojlanadi[1]. 
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan 
biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir. Barcha fan 
o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham dars mashg‘ulotlari 
jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda foydalanmoqdalar. 
Interfaol - o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars 
samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
423


munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi darsda o‘quvchi faol 
ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya‘ni ham 
fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi 
faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab 
yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib 
ketadilar. 
Boshlang‘ich sinflarda qo‘llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning 
maqsadi: O‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin 
fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng 
qo‘llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko‘p bo‘lib, ularning hammasi 
ham boshlangich ta‘limda qo‘llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda 
boshlangich sinf o‘quvchisining o‘qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda 
aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o‘quvchi o‘qishi bo‘ladi. Interfaol metodlar nisbatan 
kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko‘proq uzluksiz ta‘lim tizimining o‘rta va 
yuqori bo‘ginlariga mo‘ljallangan bo‘lib, boshlangich sinflarda qo‘llash tajribalari 
juda kam. Shuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf 
matematika darslarida qo‘llash mumkin bo‘lganlari haqida so‘z yuritamiz. 
Interfaol metod sinfda o‘tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni 
muhokama qilishda -Aqliy hujum, -Adashgan zanjirlar, -Savol bering, -Insert, BBB, -
Bahs – munozara, -Muammoli savollar, -Kichik guruhlarda ishlash, -Burchaklar 
metodi-, -Kubiklar metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda 
yaqindan yordam beradi. 
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo‘llash bir muammoni hal qilish yo‘lidan 
turlicha va iloji boricha ko‘proq taklif, fikr – mulohazalarni yig‘ishdan iborat. 
Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng 
ma‘qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo‘llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni 
-Eslab qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi ularni 
shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog‘ozga yozib boradi. 
Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma 
takliflarni yig‘ish mumkin. 
- Quyidagi shaklda nechta to‘rt burchak bor? 
Bunda takliflar to‘rtburchaklar sonini sanash usuliga 
oid bo‘lib, ularning sonini to‘g‘ridan – to‘g‘ri aytish 
talab qilinmaydi. 
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 
4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to‘rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin. 
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig‘iladi. 
Masalan: 1 dan 20 gacha bo‘lgan barcha natural sonlar yig‘indisini topish yo‘li 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
424


so‘raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo‘yicha yig‘indi 
topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik 
taqdirlanadi. Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo‘lib hal qilishi ham 
o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashishga, bir – birini to‘ldirishi, kerak bo‘lsa bir – biriga 
o‘rgatishga o‘rgatadi. Bunday usulni -Juftlikda ishlash‖ deb ataladi. O‘qituvchi 
o‘quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo‘lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. 
Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo‘lishi maqsadga muvofiqroqdir. 

Yüklə 208,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin