§2.BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANNING FANLARARO ALOQADORLIGI
Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazovuy tasavurlarini rivojlantirish ,shuningdek ,arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali ,konkret illyutratsiyalash maqsadiga xizmat qiladi (masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini illyutratsiyalashda foydalaniladi ba h.k.)
1-sinfdan boshlab Dasturga geometrik figuralar –to’g’ri va egri chiziqlar,kesmalar,ko’p burchaklar va ularning elementlari ,to’g’ri burchak va egri chiziqlar , kesmalar, ko’p burchaklar va ularning elementlari , to’g’ri burchak va h.k. kiritilgan .
O’quvchilar geometrik figuralani tasavvur qila olishni , ularni atashni va katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak .Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini,ko’pburchak peremetrini, to’g’rito’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuralarning yuzini (paletka)yordamida topish masalasini egallab olishlari kerak .
Masalalar shunday mashqlarki ,ular yordamida eng avvalo boshlang’ich matematika kursining ko’pgina masalalari ochib beriladi.Masalan ,masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning ,amallar xossalarining ,arifmetik amallar natijalari bilan komponetlari orasidagi bog’lanishlarning va hakozolarning konkret mazmunlari ochiladi. Dasturga berilgan ’’Tushuntirish xati’’da shunday deyiladi:’’Natural sonlar va nol arifmetikasini o’rganish maqsadga muuvofiq masalalar sistemasi va amaliy ishlar asosiga quriladi . Bu har bir yangi tushunchani shakillantirish har doim u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanishini ,bu masalalar tushunchaning ahamiyatini tushuntirishga yordam berishni ,uning qo’llanishni talab qilishni bildiradi’’.
Shunday qilib, masalalar matematika o’qitishni turmush bilan bog’lash ,matematik bilimlar qo’llanishining matematik tushunchalarining har xil tomonlarini ochish uchun yetarlicha har xil hayotiy vaziyatlar bilan taminlovchi sferasi bilan bog’lash vositasidir . Bundan tashqari ,masalalar yechish prossida o’quvchlar turmusda kerak bo’lgan ko’nikma va malakalarini egallab olishadi.
Ko’rib turibmizki,boshlang’ich matematika kursining mazmuni juda kattadir. Matematik xotiraning ,tafakkurning ,diqatning ,ijodiy tasavurning va h.k. rivojlanishini ham hisobdan chiqarib tashlamaslik kerak . O’qituvchi matematika darslarida bolalarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlarga ega, ana shu imkoniyatdan to’la foydalanish kerak.
3-§. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi o'quv predmeti sifatida
Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo, kichik yoshdagi o'quvchilami umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi. Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi. Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek, o'quv faoliyatini tashkil 10 qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki, o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir: 1) o'qitish asosi bo'lgan matematika bilan; 2) pedagogika; 3) psixologiya; 4) boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ... ). Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: a) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga osbirishi; b) nazariy bilimlar tizimini 0 'rganish jarayonini yoritib berishi; d) o'quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi; e) ta'limni insonparvarlashtirishi; . f) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hunnati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib berishi; g) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishdan iborat. Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan "o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanisb, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlami berish, kasb-hunarga qiziqtirish, kasblarni ongli tanlashga o'rgatish" kabi vazifalami hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa bar qanday o'quv fani kabi matematika boshlang'ich kursi o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi; 2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi; 3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: 11 a) o'quvchilarga ma'lum dasturi asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to'g'risida o'quvchi-Iarga yetarli darajada ma'lumot berishi, ulami matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim; b) o'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlami tarkib toptirish lozim bo'ladi. Matematikani o'rganish o'quvchilaming o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'ri shakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak; d) o'quvchilami matematik qonuniyatlar asosida haqiqatlami bilishga o'rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilaming fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; b) o'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlami tarbiyalash. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'Igan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir; d) o'quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o'rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilami atroflicha fikrlashga o'rgatadi. .. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan eleinentar masalalami yechishga tatbiq qila 01- ishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ulami mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalari hal qilishga o'rgatish;
12 b) matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirimga qaratilgan; d) o'quvchilami mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o'rgatish. O'quvchilar, imkoni boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishtar qilishiari, shuningdek, og'zaki va· yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak. O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilaming o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari. va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, o'tkazish kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilarning yosh xususiyatIariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. ' Boshiang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardal\ yakka (individual) yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir. Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tanlangan g'oyaga ko'ra ma'ium mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Amaliyotda o'qituvchilar kO'pincha biror topshifiqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzil13 gan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas. Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat qilish usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, rnazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lishi mumkin. Shu sababli, didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. o 'quvchilarni matematika kursini 0 'rganishga tayyorlash I-IV sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifasi bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi rnatematika kursi bO'yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog'liq. Shuning uchun l-sinf 0' quvchilarining bilimlarini aniqlash, sinf o'quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya'ni past bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o'quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi.
Dostları ilə paylaş: |