Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,
bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda
tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
766
va bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod
va ish turlarini qo‘llash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha
shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilap nutqini
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon
xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi,
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik
to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari
yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli
o‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud.
Bular:
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini,
ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis
xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab
sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni,
ya’ni izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil turlarini umumiy maqsadga
bo‘ysundirish ko‘nikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan
fikr bayon qilish quroli sifagida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib
bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq
eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq
tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga
qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi.
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha
dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan
talablar.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya
qilinadi.
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
767
2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
3. Nutq aniq bo‘lsin.
4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
5. Nutq tushunarli bo‘lsin.
6. Nutq ifodali bo‘lsin.
7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
8. Nutq madaniyatli bo‘lsin.
Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish
vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik
asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy
faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin.
Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish,
mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina
muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi,
shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi.
Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga
asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur
bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til
materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning
aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning
fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish
uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil
axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini
o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Nutqdan o‘quvchiniig fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida
foydalaniladi. O‘quvchining barcha predmetlardan materialni o‘zlashtirishi va umumiy
aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan
inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon
eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq
tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi.
Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi,
takomillashtiradi.
Uchinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi,
takomillashtiradi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari
bilan bog‘liqligi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
768
Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim
oladilar; ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari bo‘yicha
to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalap lug‘atini boyitishga
samarali yordam beradi, nutqni tuzishni o‘rgatadi. O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda
olib boriladigan ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati
haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi;
bu darsda o‘quvchi nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida
tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet,
harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak,
so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l,
olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap,
so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib
oladilar.
Natijada o‘quvchilarda quyidagi:
- Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va yozma va multimediyaga
asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;
- Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baxolash,
boshqarish hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash;
- Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar
va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila
olish; boshqalarga hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash kabi
hayotiy ko‘nikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.
Dostları ilə paylaş: |