Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari



Yüklə 289,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.02.2023
ölçüsü289,89 Kb.
#85065
  1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-o-quvchilar-nutqini-o-stirish-yo-llari (1)



Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari 
Mahliyo Jo‘rayeva 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 
Annotatsiya: Maqolada nutq tushunchasi, nutq o‘stirish metodikasi, uning 
ahamiyati, o‘quvchilar nutqini rivojlantirish yo‘llari, metodikasi, nutqni egallashning 
qator aspektlari, nutq o‘stirish yo‘nalishlari, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq 
belgilangan talablar, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali 
o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: nutq, metodika, nutq aspektlari, hayotiy ko‘nikmalar, inson 
kamoloti, buyuk allomalar, ma’naviy meros, sharqona ta’lim va tarbiya, adabiy til 
normalari, tafakkur va notiqlik san’ati, ta’lim sifati. 
 
Ways to increase speech of students in primary school 
 
Mahliyo Juraeva 
Pedagogical Institute of Bukhara State University 
 
Abstract: The concept of speech in the article, the method of speech 
development, its meaning, ways of developing students' speech, methodology, a 
number of aspects of mastering speech, directions of speech development, clearly 
formulated requirements for the development of students' speech, we are talking about 
life skills that need to be formed in students by achievement of speech development in 
the educational process. 
Keywords: speech, methodology, aspects of speech, life skills, human maturity, 
great scientists, spiritual heritage, Eastern education and upbringing, norms of the 
literary language, the art of thinking and oratory, the quality of education. 
 
Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarga innovatsion, 
ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanib ta’lim berish hamda o‘quvchilarning ta’limdagi sifat samaradorligini 
oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan asosiy 
vazifa hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
765


strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-
apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi 
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator 
vazifalar o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga 
zamin hozirlaydi. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy 
nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish” vazifasi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining mustaqil fikrlash 
salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, 
izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo‘lishni taqozo etadi.
Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash,fikrni bayon qilish, nutq 
tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar 
va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug‘atlarda, darslik va o‘quv va 
metodik qo‘llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan.
Forobiyning fikricha, qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday 
ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, 
bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalarga 
ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan 
ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning 
joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni 
qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltirib 
chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni 
o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima 
to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. 
O‘quvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga 
muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi. 
Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari 
(so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa 
va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini 
bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim 
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda 
muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.

Yüklə 289,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin