Gaplarniyoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‟lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, “Daraxtlar gullaydi” gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‟zni qo‟shish kerak?
Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
Bu so‟z gapning qaysi bo‟lagi bo‟ladi? (Ikkinchi darajali bo‟lak)
U gapning qaysi bo‟lagiga bog‟lanadi, ya‟ni tobelanadi? (Kesimga bog‟lanadi)
Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‟z qo‟ying. Qanday gap hosil bo‟ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).
So‟zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash.Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so‟ng so‟roqlar yordamida ikkinchi darajali bo‟laklar (so‟z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani.
Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim?– terimchi)
U haqda nima deyilgan? (Teradi.Terimchi teradi – bosh bo‟laklar).
So‟roqlar yordamida so‟z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) Nimadateradi? (Mashinada teradi). Keyin gapda so‟zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.
Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish.Mashqning bu turi ongli bo‟lishi uchun har bir gapning bosh bo‟laklarini va so‟z birikmalarini ajratish lozim.
Gapnitahlilqilishvachizmasinichizish. Gap tahlil qilinayotganda dastlabuning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‟lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo‟lak, boshqa ikkinchi darajali bo‟lakni izohlovchiikkinchi darajali bo‟lak ajratiladi.SHunday qilib, asta-sekin so‟z birikmalari ham aniqlanadi.
O‟qituvchiberganchizmayokiso‟roqlarasosidagaptuzish:Kim? nimalarni? Nima qildi?(Bola olmalarni terdi).
So‟z birikmasi ustida ikki yo‟nalishda ish olib boriladi:
so‟z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;