Konstruktivmashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:
Aralashberilganso‟zlardangaptuzishyokitartibsizberilgangaplardan matn tuzish. Bunda so‟zlar grammatik materialning o‟rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‟zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‟da, bog‟bonlar, terdilar (Bog‟bonlar bog‟da meva terdilar); b) o‟rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‟zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, «Otlarda birlik va ko‟plik» mavzusi o‟tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‟zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o‟ynamoq.
Nuqtalarqo‟yilmagan,boshharfyozilmaganmatndangaplarningchegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‟z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‟g‟ri o‟qish va yozishga o‟rgatadi.
Berilgan sodda gapni so‟roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qaerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qaerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan o‟z uyalariga uchib keldi
soddayoyiqgaptuzish. Bunda o‟quvchilarga «Quyosh yoritadi va isitadi» kabi gap beriladi, o‟quvchi esa «Ravshan o‟qidi va ishladi» kabi gap tuzadi.
Ikki-uchsoddagapdanbittauyushiqbo‟laklisoddagaptuzish. Masalan, «Bahorda qaldirg‟ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar ham uchib ketadi» gaplaridan uyushiq bo‟lakli «Bahorda qaldirg‟ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi» gapi tuziladi.