Boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibini o‘qitish allayeva Gulraftor, Abduraxmonova Dinara



Yüklə 245,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.02.2023
ölçüsü245,91 Kb.
#85156
1   2
3-sinf ona tili darslarida Asos asosdosh soʻzlar mavzusini oʻrganish

asosdosh sozlardir. Dost, dostlik, dostona; sinf, sinfdosh. 
Asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb nomladi: chizg‘ich, 
chiziq, chizma, chiziqli, chizmachi. [3] 
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish 
jarayoni baravar olib boriladi. Tovush bilan harfni farqlash, so‘zda tovushlar 
tartibiga, gapda so‘zlar tartibiga rioya qilgan holda ish yuritish, tovush 
yozuvda harf ko‘rinishida, gap so‘zlardan, so‘z harflardan tashkil topganligini 
anglab yetishlari lozim. Ayniqsa ona tili fanida o‘quvchilarga bilimlarni 
tayyor holda bayon qilish zerikarli metod. Chunki bunday jarayonda o‘quvchi 
darsda o‘zi ishtirok etmay, faqatgina tinglovchiga aylanadi. Shuning uchun 
ham turli didaktik o‘yinlardan foydalanish zarur.
Masalan: “Sirli kartochka” o‘yini. Bunda kartochkalar tarqatilib, 
asosdosh so‘zlarni yozish vazifasi topshiriladi. Masalan, Bog‘ so‘ziga 
asosdosh bo‘lgan so‘zlaarni yozing. 
Namuna: Bog‘, bog‘bon, bog‘lar, bog‘la kabi.
Yoki “To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri” metodi 


Bunda qoidalar sinf doskasiga yoziladi va o‘quvchilar orqali to‘g‘ri 
bo‘lsa to‘g‘ri, noto‘g‘ri bolsa “X” belgisi qo‘yiladi.
Ta’limiy o‘yinlar har bir o’quvchiga o‘zini namoyish etish, fikr-
mulohazalarni himoya qilish, topshiriqlarni zavq bilan bajarish imkonini 
beradi. Tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, hushyorlik, qat’iyatlilik, bilimdonlik, 
mustaqillik, ijodkorlik kabi sifatlar ko’pincha ta’limiy o‘yin orqali 
rivojlantiriladi.
Inson qalbiga jamiyki ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi, ona tili bilan 
singadi. Til insoniyat uchun eng katta boylik. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz 
Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini 
ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yuqotmak 
millatning ruhini yuqotmakdur”. 
O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o’rgatish bilan bir qatorda ularni 
chiroyli so‘zlashga ham o‘rgatish lozim. Zero uyning qanchalik mustahkam 
bo‘lishi uning poydevoriga bog’liq. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga so‘larga qo‘shimcha qo‘shish qanchalik katta ahamiyatga ega 
ekanligini tushuntirish zarur. Qo‘shimchalar qo‘shish orqali so‘zlarda qanday 
yangi ma’nolar hosil bo’lishini tushunib yetishlari zarur. 


Qoida: -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalaridir.
Baliqchi- baliq (asos), -chi (so‘z yasovchi qo‘shimcha), so‘zla –so‘z 
(asos), -la (so‘z yasovchi qo‘shimcha), nurli – nur (asos), -li (so‘z yasovchi 
qo‘shimcha), g‘allakor – g‘alla (asos), -kor (so‘z yasovchi qo‘shimcha), 
vatandosh – vatan (asos), -dosh (so’z yasovchi qo‘shimcha), tuzsiz- tuz 
(asos), -siz (so‘z yasovchi qo‘shimcha). 
3-sinf darsligida berilgan mashqlar orqali mavzu mustahkamlanadi. 161-
mashq. Nuqtalar o‘rniga –chi, -la, -siz,-li so‘z yasovchi qo‘shimchalaridan 
mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 
1.Ilm.. bir yashar, ilm.. ming yashar. (maqol) 2. 2-sinfda a’lo.. 
o’quvchilar ko‘p. 3. Suv.. hayot bo’lmas. 4. Paroxod modelini ish..dik. 5. 
Kuch.. shamol esdi. 6. Baliq.. qushlar dengiz ustida uchadi. [4] 
So‘z tarkibini bilish va bu borada o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini tekshirish uchun ko‘proq sinfda mashqlar bajarish va uyga 
qo‘shimcha topshiriqlar berish kifoya.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o’quvchilarining so‘zning 
qanchalik qudratli ekanligini anglab yetishlari, so‘zni qo‘llay olish 


qobiliyatlarining shakllanishida so‘z tarkibi mukammal o‘rgatish samarali 
usullardan biri sanaladi. Zero buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy 
aytganlaridek – “Til – so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazguvchi 
tarjimondir”.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Tilni el birlashtirishi lozim “O‘zbekiston mustaqillikka 
erishish ostonasida” Toshkent O‘zbekiston 2012, 439 b, B 66 
2. Barotova Dilrabo “Boshlang‘ich sinflarda so’z tarkibini o‘qitish” 
bitiruv malakaviy ishi B 39
3. Fuzailov S, Xudoyberganova M, Yo‘ldjsheva SH 3-sinf ona tili 
darsligi Toshkent O‘qituvchi nashriyoti 2016, B 58 
4. Fuzailov S, Xudoyberganova M, Yo‘ldosheva SH 3-sinf ona tili 
darsligi Toshkent O‘qituvchi nashriyoti 2016, B 63 
5. A.Avloniy, Beruniy hikmatlari. 

Yüklə 245,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin