1.4 O’zgaruvchili ifodalar
Ba'zan masala sharti sonlar bilan emas, balki harflar bilan belgilangan bo'ladi. Masalan, 3.1-band-dagi masalada shaharlar orasidagi masofa a km bo'lsa, javob bun-day bo'ladi:
(a- 3-20): (20 + 70). (1)
Agar masofa a km ga, velosipedchi va avtomobilning tezliklari, mos ravishda, b va с ga teng bo'lsa, javob bunday bo'ladi:
(a-3b):(b + c). (2)
Biz o'zgaruvchi qatnashgan ifodalar hosil qildik. (1) ifodada a o'zgaruvchi, (2) ifodada uchta — a, b va с o'zgaruvchi qatnashgan. Bu harflarga turli qiymatlar berib, turli masalalarni hosil qilamiz. Bu masalalarning har birining javobini topish uchun (1) yoki (2) ifodalardagi harflarga tegishli qiymatlami qo'shish kerak. Masalan, shaharlar orasidagi masofa 240 km, velosiped-chining tezligi 15km/soat, avtomobilning tezligi 50km/soat bo'lsa, (2) ifodada a ni 240 ga, b ni 15 ga, с ni 50 ga almashtirish kerak. Natijada qiymati 3 bo'lgan (240 - 3 • 15): (15 + 50) sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu holda avtomobil yo'lga chiqqandan 3 soat keyin uchrashuv sodir bo'ladi.
O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasining ta'rifi sonli ifodalar tushunchasining ta'rifi kabi ifodalanadi, bund a faqat o'zgaruvchi ifodalarda sonlardan tashqari harflar ham qatnashadi. Biz o'quvchiga bunday ifodalar yozuvining qoidasi tanish deb o'ylaymiz. Masalan, agar x va у o'zgaruvchilar qatnashgan ifodalar berilgan bo'lsa, sonlardan iborat (a; b) kortejlarning har biriga sonli ifoda mos keladi. Bu sonli ifoda harfiy ifodada x harfini a son bilan, v harfini b son bilan almashtirish orqali hosil bo'ladi. Agar hosil bo'lgan sonli ifoda qiymatga ega bo'lsa, bu qiymat x = a, y= b bo'lganda ifodaning qiymati deyiladi. O'zgaruvchili ifoda bunday belgilanadi: A(x), B(x; y) va h.k. Agar B(x; y) ifodada x ni 15 bilan, y ni 4 bilan almashtirsak hosil bo'lgan sonli ifoda В (15; 4) kabi belgilanadi.
O'zgaruvchili ifodalar predikat bo'lmaydi, chunki harf o'rniga sonli qiymat qo'yilsa, mulohaza emas, sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu sonli ifodaning qiymati «rost» yoki «yolg'on» bo'Imay, balki birorta son bo'ladi.
Bitta x harfi qatnashgan har bir ifodaga bu ifodaga qo'yish mumkin bo'lgan sonlardan, ya'ni bu ifoda aniq qiymatga ega bo'ladigan sonlardan iborat to'plam mos keladi. Bu sonlar to'plami berilgan ifodaning aniqlanish sohasi deyiladi. Ba'zi hollarda x qiymatiarning X sohasi oldindan ba'zi shartlar bilan chegaralangan bo'ladi. Masalan, x — natural son bo'lishi mumkin. U holda o'zgaruvchili ifodaga to'plamga (masalan, natural sonlar to'plamiga) tegishli qiyma^larnigina qo'yish mumkin. Agar ifodada bir nechta harf, masalan, x va v harflari boisa, bu ifodaning aniqlanish sohasi deyilganda shunday (a; b) sonlar juftlari to'plami tushuniladiki, x ni a ga, у ni 6 ga almashtirganda qiymatga ega bo'lgan sonli ifoda hosil bo'ladi.
Harfiy ifodalarda o'zgaruvchilarni nafaqat sonlar bilan, balki boshqa harfiy ifodalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, agar 3x + 2y ifodada x ni 5a - 2b ga, у ni 6a + 4b ga almashtirilsa, harfiy ifoda hosil bo'ladi:
3(5a - 2b) + 2(6a + 4b).
a va b ning berilgan qiymatlarida bu ifodaning qiymatlarini hisoblash mumkin, buning uchun avval x va у ning qiymatlari topiladi, keyin bu qiymatlami berilgan ifodaga qo'yiladi. Masalan, a =12, 6=10 bo'lsa, avval x = 5 • 12 - 2 • 10 = 40,
y = 6-12 + 4-10= 112 topiladi, keyin 3x + 2y = 3 • 40 + + 2-112 = 344 topiladi.
O'zgaruvchili A(x) va B(x) ifodalarga kiruvchi harflarning joiz qiymatlarida ular bir xil qiymatlar qabul qilsa, bu ifodalar aynan teng deyiladi. Masalan, (x + 3)2 va x2 + 6x + 9 ifodalar aynan teng.
Ammo noldan farqli sonlar sohasida bu ikkala ifoda ay nan teng. O'zgaruvchiii ikki ifodaning aynan tengligi haqidagi tasdiq mulohazadir. Masalan, (x + 3)2 ifoda x2 + 6x + 9 ifodaga aynan tengligi haqidagi tasdiqni bunday yozish mumkin:
(x)((x + 3)2 =x2 +6x + 9).
Odatda, qisqalik uchun x kvantor tushirib qoldiriladi va qisqacha bunday yoziladi: (x + 3)2 = x2 + 6x + 9. Ammo bunday yozuv uncha aniq emas — bu tenglikni tcnglama deb ham qarash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |