Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi diagnostikasi samaradorligini baholashning individual texnologiyalarini o‘rganish



Yüklə 3,76 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü3,76 Kb.
#192785
nafisa diagnostika 2




Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi diagnostikasi samaradorligini baholashning individual texnologiyalarini o‘rganish
BOT20. 2 XUMOROVA NAFISA
Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini muntazam o‘rganib borish va uni diagnostika qilish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Samaradorlik deganda boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarning zamonaviy talablar asosida bajarilishi nazarda tutiladi.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy samaradorligi o‘quvchilarning faollik darajasi
o‘quvchilarning sog‘lomlik darajasi;
o‘quvchilarning bilim darajasi;
o‘quvchilarning mustaqillik darajasi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ularning fikrlash ko‘nikmasi bilan baholanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘z fikriga egaligi, fikrini ravon ifodalashi va yangi matnni tahlil qila olish ko‘nikmasi diagnostika qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sog‘lomlik darajasi ularning jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanib borishi bilan baholanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqillik darajasi ularning murakkab sharoitlarda o‘zini tuta olishi, muammoni hal etishi va o‘zgalarga namuna bo‘lishi bilan belgilanadi.
Diagnostika vositasida quyidagilar asosida o‘quvchilarning faollik darajasi o‘rganilib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.O‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllanganligi;
2.O‘quvchilarda mustaqil faoliyat asoslarining shakllanganligi;
3.O‘quvchilarning murakkab holatlardan mustaqil chiqib keta olish ko‘nikmasi shakllanganligi.
Boshlang'ich ta'lim о'qitish samaradorligini diagnostika qilishda quyidagilarga e' tibor berish
boshlang'ichsinf o'qituvchilarining mahorat darajasi
boshlang'ich sinf о'qituvchilarining faoliyat samaradorlik darajasi
boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi;
Boshlang'ich ta'lim o'qitish jarayonini diagnostika qilish ishlarini rivojlantirib borish boshlang'ich ta'limning sifat samaradorligiga erishish bilan bog'liq
1.Boshlang'ich sinf о'qituvchilari bilan ishlash
2) bо' lajak boshlang'ich sinf о'qituvchilarini diagnostik faoliyatga tayyorlash;
3) boshlang'ich ta' limning оqitish jarayonini diagnostika
qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
Shunday qilib boshlang'ich ta'lim didaktikasining diagnostikasi mazkur ta'lim bosqichining sifat samaradorligini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi.
Yüklə 3,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin