JADIDLARMEROSIDABOSHLANG'ICHTA'LIM Boshlang`ich diniy maktablar keng tarqalgan edi, shahar maktablarida o`quvchilar soni 20-30 taga, qishloqda 10-15 taga yetgan. O`qishga 6 yoshdan qabul qilingan, o`zlashtirishiga qarab 7-12 yil o`qishgan. Bularda Alifbe, Xaftiyak, Chor kitob, Sufi Olloyor, Qur’on o`rgatilgan.
Qorixonada asosan Qur’on yod oldirilgan. Uni bitirganlar xalq orasida Qur’on sura va oyatlarini aytib berib yurgan. Qorixonalar katta maktablar yoki mozorlar qoshida ochilgan. Katta shaharlarda ko`p bo`lgan. Ularga maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o`g`il bolalar qabul qilingan. 3-4 yil o`qilgan. Qorixonalar madrasalar kabi vaqfga berilgan yer-joy, mollar hisobiga ta’minlangan.
1900 yili Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand viloyatida 333 ta qorixona bo`lib, 1203 o`quvchi o`qigan.
Daloilxonalar ham vaqf mablag`idan foydalangan, katta yoshdagi savodi chiqqan bolalar o`qigan. 1-2 oy Qur’on suralari, keyin asosiy kitob «Daloil ul-hayrat» yodlatilgan. Bu XV asrda musulmon ulamolaridan Sulaymon ibn Yazuru tomonidan yozilgan asar bo`lib, unda payg`ambar va avliyolar hayoti yoritilgan. O`qish muddati aniq belgilanmagan, xotirasi yaxshilar 2-3 oyda, qolganlar 1 yil yoki ortiqda yod olishgan.
Maktab internat- o`rta madrasa bo`lib, bularda diniy va dunyoviy fanlar o`qitilgan, o`rta ma’lumot berilgan.
Arxiv hujjatlariga ko`ra 1911 yili yanvarigacha O`rta Osiyoda 10003 ta maktab, 1085 ta madrasa bo`lgan.
Mahalliy bolalardan ilmli kishilar tayyorlash uchun Xiva xoni Raximxon Bahodirxoni soniy-Feruz (1844-1910) katta ishlar qildi. Uning tashabbusi bilan saroyda maktab ochilib, bunda rus o`qituvchisi va mashhur qorilar dars berganlar.
Feruz farmoni bilan 1904 yil 10 noyabrda Urganchda birinchi yangi usul maktab ochilgan. Unda Turkiyalik Husayn Kushayev ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan. 1906-07 yillarda qizlar maktabi ham tashkil qilinib, uning xotini Komila Kushayeva qizlarni o`qitgan. 1909 yili Feruz qo`l ostidagi madrasalar soni 130 taga, o`quvchilar soni 2300 ga yetadi. Feruz Komil Xorazmiyni Toshkentga gimnaziya va maktablarda o`qitish usulini o`rganishga yuboradi. U qaytgach ishlar jonlanib ketadi.
Maktab o`quv dasturi va rejasida- riyoziyot, tarix, geografiya, tabiat, rus tili, ona tili, islomshunoslik fanlarini o`qitish belgilanadi. Sharq mutafakkirlari va rus yozuvchilari asarlari o`rganiladi.
Feruz o`z saroyida tipolitografiya-toshbosimxona tashkil qiladi. Navoiy, Munis kabilarning asarlari nashr etiladi. 1865 yillarda Markaziy Osiyo to`liq Rossiya tasarrufiga o`tadi va o`lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi, mustamlakaga aylanadi. Minglab rus oilalari bu yerlarga ko`chirib keltirildi.
1870 yili chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A.Tolstoy shunday degan edi: «Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona xalqlarning ma’lumotli bo`lishining oxirgi maqsadi, shubhasiz ularni ruslashtirishdan iboratdir».
Ruslashtirish siyosati bilan birga o`qituvchilar ustidan nazorat kuchaydi, mustaqil ish yuritishga imkon berishmadi. Mahalliy maktablar yopildi.
Ruslar Turkistonda bosqinchilik ishlari olib borish, uning boyliklarini talash bilan birga, xalqning urf-odatlari, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda Fitratning quyidagi fikrini keltirish mumkin: «...imperatorlik hukumati chin kungildan tilar edi: qo`l ostindagi o`zga millatlar ezilsunlar, xarob bo`lsunlar, saodat yuzin ko`rmasunlar, tilanchilar kabi yashasinlar».
Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yili ochiladi. Bunday maktablarda ruslar bilan birga mahalliy bolalar ham qabul qilinardi. O`qish faqat rus tilida olib borilardi. Rus o`rta o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1876 yil Toshkentda erlar va xotin-qizlar gimnaziyalari, 1870 yil o`quvchilar seminariyasi ochildi. Bularda diniy bilimlar o`qitilmasdi, shuning uchun mahalliy bolalar kam edi.
1884 yil 19 dekabrda Toshkentning eski shahar qismida birinchi rus tuzem maktabi ochildi. Boshqa joylarda ham ochila bordi va 1904 yili ularning soni 57 taga yetdi
Rus tuzem maktablarida o`quvchilarga rus muallimi rus tili, arifmetika va boshqalarni utar, buning uchun o`qish vaqtining yarmi ajratilar, qolgan yarmida esa musulmon domla diniy darslar utardi. 1903 yil Toshkentda qizlar uchun rus tuzem maktabi ochildi. Lekin tezda yopildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik faoliyati keng yoyilib, qator ziyolilar pedagogik g`oyalar bilan chiqdilar. Shulardan biri Muhammad Amin Mirzaxo`ja o`g`li Muqimiy (1850-1903)-dir. O`zining sayohatnomalarida, hajviy she’rlarida ilmsizlik, nodonlik, tarbiyasizlikni qoralaydi, ilm-ma’rifatni ulug`laydi.
«Tanobchilar», «Zavodchi boy ta’rifida», «Dodxoxim» she’rlari, «Sayohatnomalarida» kishilarning turli xulq-atvorlarini ko`rsatadi.