Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni, predmeti, ilmiy tadqiqot ob’ekti va metodlari. Kirish



Yüklə 159,73 Kb.
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü159,73 Kb.
#179794
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni, predmeti, ilmiy tadqiqot ob’ekti va metodlari.

Kirish


Hozirgi kunda boshlang’ch maktab ta’limini integrasiya qilish haqida ko’p gapirilayapti. Bu tushunarli – kichik maktab o’quvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi.Uning uchcun tabiatshunoslik,rus tili, musiqa va boshqa o’quv predmetlarini nomi emas, balkiatrofdagi olam ob’yeklarining tovushlar, hajmlarning turli tumanligi mavjuddir.Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog’liqligini ko’rishga o’rgatishkerakligigni o’qituvchi sezadi,biladi.
Ta’limni integrasiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi.Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish etsa, integrasiyaning asosi qilib turli fanlarni o’rganish ob’yektlari bo’lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan , badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada ,biolog, so’z ustasi , rassom, musiqachi nuqta nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi , ularni chuqurlashtirish va boyitish , shu yoshga tushunarli bo’lgan bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o’kazish tartibga ega bo’lgan , tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Integrasiya kursi - o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan.
Integrasiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi.
Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya).
1. Ko'p fanlar integrasiyasi.
Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu ananaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha dovom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi.
2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi.
Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.
3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.
Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagokika, pedogogik texnologiya,pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqahayot jarayonlariga bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informasiyani qayta ishlash: informasiyaning tuzilishi va xususiyatlarini uning shaxs shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalrini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi.
4.Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi kurslar.Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: “materiya”, “harakat”,”modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi.
Nazariyalar orasidagi integrativ kurs yaratish uchun asos bo'lib asosiy tabiiy – ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e'tiborga oyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urishlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, ular qovushmaganligi va ma'lum ketma-ketlikga , didaktik maqsadga ega eamsligi bilan ajralib turadi.
5. Fan evolyusiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtaiy nazardan o'rganish uslublarini, olmning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi kurslar.
Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q.
6. Kompleks ob'ektlar asosida.
Integrativ kurs yaratishga asos bo'lgan kompleks ob'ektlarga er, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo'la oladi. Bu kurslarning bir xil mavzularida bir ob'ekt turli fan nuqtai nazaridan ko'riladi.
Shu xildagi integrasiya o'tgan asrning yigirmanchi yillarida maorif tizimida qo'llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda aytish mumkinki qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda, ma'lum hajmda u tabiiy fanlar ta'limiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
7. Turli muammolar asosida
Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar
( asosan ekologiya bilan bog'liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan.
Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi.

Yüklə 159,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin