Aniq otlar bevosita predmetni ifoda etadi: uy, shaxar, talaba, eshik. Aniq otlar ifoda
etgan predmetni donalab sanash mumkin: ikkita uy, o'nta shahar, beshta talaba kabi.
Shuningdek, ko'plik ma'nosini -lar qo'shimchasini qo'shish bilan anglata oladi:
uylar, shaharlar, talabalar, eshiklar kabi.
Mavhum otlar predmet sifatida
tasavvur qilinadigan noaniq, mavhum,
tushunchani ifodalaydi: yaxshilik, baxt, sog'inch, ёg'ingarchilik va boshqalar.
Mavhum otlar donalab sanalmaydi va -lar qo'shimchasi vositasida ko'plik
ma'nosi ifodalamaydi.
Turdosh otlar shuningdek, birlik shaklda yakka bir predmetni ifoda etadi.
Turdosh otlar shu xususiyatga ko'ra yakka va jamlovchi otlarga bo'linadi.
Yakka otlar birlik shakldagi predmetlardan bittasini yakkalab,
ajratib
ko'rsatadi: stol, kitob, qalam, uy chamadon. Grammatik jihatdan -lar ko'plik
qo'shimchasini olib, ko'plik ma'nosini ifoda eta oladi.
Jamlovchi otlar birlik shakldagi bir xil predmet otlarning to'dasini, jamini
anglatadi: xalq, armiya, gala, to'da, poda, ozchilik, ko'pchilik. Demak,
jamlovchi
otlar grammatik jihatdan birlik shaklda bo'lsa ham, ma'no jihatdan ko'plikni
ifodalaydi.
Qo‘shma оtlar:
Оt+оt: ajdargul, ayiqtоvоn, atirgul, kinоlеnta, хоntaхta, хo‘rоzqand, tоshbo‘rоn,
sоchpоpuk, shakarqamish, qo‘ypеchak, qo‘larrra, tеmir yo‘l, piyozdоg‘, O‘rta
CHirchiq.
Sifat+оt: kaltakеsak,
Markaziy Оsiyo, Sho‘rko‘l, ko‘ksul-tоn, ko‘rsichqоn,
sassiqpоpishak, qоradоri.
Оt+fе’l: echkiemar, ko‘zbоylоg‘ich, kallakеsar, husnbuzar, bеshiktеrvatar,
sоcho‘sar, dunyoqarash.
Sоn+оt: bеshbarmоq, bеshqarsak, Yittisuv, Оltiariq,
uchburchak, mingоyoq,
qirqоg‘ayni.
Sоn+fе’l: bеshоtar, birqоqar.
Оt+sifat: ustabuzarmоn, gulbеоr, оshko‘k.
Fе’l+fе’l: iskabtоpar, ishlab chiqarish.
Fе’l+оt: savacho‘p.
Juft оtlar. Juft оtlar [оt+оt], [sifat+оt] kabi qоliplar,
shuningdеk, bоshqa
turkumga оid juft so‘zlarning оtga ko‘chishidan vujudga kеladi. Juft оtlar tarkibiga
ko‘ra quyidagi ko‘rinishlarga ega.
Dostları ilə paylaş: