Kurs ishi mavzusining oʻrganilganlik darajasi. Rahmatullayev A. “Uzluksiz ta’lim tizimida innovasion texnologiya” xususida fikrini bayon qilgan. N.S. Hakimova “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning o‘rni” uslubiy qo’llanmasini ishlab chiqgan. R. A. Mavlonova, N. X. Rahmonqulova, B. A. Normurodova, K. O. Matnazarovalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” oʻquv qoʻllanmasini ishlab chiqgan.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Kurs ishimiz maqsadi va vazifasining ko’rsatishicha, axloqiy mavzudagi suhbatlar asosan ikki xil ko’rinishda - yakka va guruh tartibida o’tkazilib, bunda boshlang’ich sinf o’qituvchisi quyidagilarga alohida e’tibor bermog’i lozim:
- har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan
axloqiy mavzudagi suhbat mavzularini o’quv yili boshidayoq tanlab olishi va
maktab pedagogik kengashi, sho’ba yig’ilishlarida muhokamadan o’tkazib,
boshlang’ich sinflar (ishlari) bo’yicha direktor o’rinbosari tasdig’idan o’tkazishi;
- sinfdan tashqari o’tkaziladigan axloqiy mavzudagi suhbatlar qat’i reja va
aniq maqsad asosida bo’lishi;
- bunday suhbatlar uchun alohida daftar tutilishi va o’tkaziladigan suhbatlar unga tushirib borilishi;
- axloqiy mavzudagi har bir suhbatda ko’rgazmali qurollardan foydalanilishi,
axloqiy tarbiyaga doir asarlardan namunalar keltirilishi;
- axloqiy mavzudagi suhbatlarni ko’proq noan’anaviy tarzda o’tish va bunda munozarali, qiziqarli va erkin bo’lishiga e’tibor berish;
- axloqiy mavzudagi suhbatlarning davom qilish vaqti aniq bo’lishi kerak.
Kurs ishi mavzusining vazifasi:Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf “Tarbiya” darslarini tashkil etish, loyihalash va olib borish jarayonida tashkil etiladigan samarali ish usullarini amaliyotga joriy qilish, o’quvchilarning diqqati va e’tiborini jalb qilish maqsadida dars davomida turli didaktik metod va multimedia vositalaridan unumli va mazmunli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dars samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchining ijodkorligi, kreativ fikrlashlarga moyilligi, darslarni loyihalash va olib borish jarayonida didaktik metod va multimedia vositalarini to’g’ri tanlay olishi, ulardan darslar jarayonida oqilona foydalana bilishiga bog’liq bo’ladi.