Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


Xulosa………………………………………………………………………



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qurvonmurodova LOYIHA

28

Xulosa………………………………………………………………………..

32

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..

34

Kirish
Yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, professional maxorati, bilimdonligi, madaniyatiga bog’liqdir. Zamonaviy pedagog o’quvchiga ta’sir etish, uning istaklarini, e’tiqodini, qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira bilishi kerak. Demak zamonaviy maktabga yuksak ma’lumotli, faol, izlanuvchan, ustoz-pedagog kerak.
Ta’lim-tarbiya ishlarida samarali natijalarga erishish uchun pedagog o’z ishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi shart. U bir necha murakkab ammo muhim quyidagi savollarga aniq javoblarni berishi lozim: Pedagogik jarayonning mohiyati nima? Bolalarga nimani va qanday o’qitish zarur? Ularda qanaqa shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kerak? O’quvchilarning o’quv va ijtimoiy faoliyatini qanday boshqarish mumkin? va hokazo.
1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” oliy ta’lim xodimlari oldiga o’qitishning yangi shakl, mazmun va usullarini qo’llash vazifalarini qo’ymoqdalar. Bu esa talabalarni yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari zarurligini taqozo etadi. Milliy kadrlar tayyorlash modelining bosh subyekti va obyekti shaxs ekanligi “Kadrlar hamma narsani hal qiladi” shioriga mutanosibdir.
Shuning uchun jamiyatimiz, davlatimiz, hayotimizning o’zi zamonaviy mutaxassisning shaxsiga, uning kasbidagi tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Hammaga ma’lumki, boshlang’ich sinf o’qituvchisi maktab o’quvchisida eng zarur bo’lgan bilimlar asoslarini shakllantiradi ularni o’qishga, yozishga va sanashga o’rgatadi.
Bundan tashqari bitta narsani hisobga olishimiz keraki - zamonaviy pedagog tavsifnomasida o’qituvchining “texnologiyalanuvchan-ligi” o’ziga xos yangi talab sifatida o’z o’rnini topgan. U ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini, maqbulligini, ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini belgilab beradi:
Yoxud texnologiyalanuvchanlik - bu pedagogik jarayonning texnikaviy va uslubiy qurollangan yoki instrumentallik darajasini belgilovchi radikal ko’rsatkichdir. Binobarin, bizning fikrimizcha, barcha o’qituvchilar pedagogik texnologiyalarni egallash shart.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin