Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


Pedagogik texnologiyaning vazifalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qurvonmurodova LOYIHA

Pedagogik texnologiyaning vazifalari




a) bo’lajak o’qituvchilarga pedagogik texnologiya va uning elementlari haqida tushuncha berish;


b) bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga turli xil yondashishga o’rgatish;


v) bo’lajak o’qituvchi-larda boshlang’ich maktabdagi ilg’or texnologiyalarni egallashga qiziqtirish va o’rgatish.




Pedagogik texnologiya. Pedagogik texnologiya ta’riflari. Ta’lim tarbiyaga yondashuvlar
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg’or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmokda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o’qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan omillardir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga bir qancha ta’riflar berilgan.






Pedagogik texnologiya pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab chiqarishdagi, muhandislik) yondashuvlar integrasiyasidir.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA -







Ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi (O’.Tolipov).



Pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig’indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi(M.V.Klarin).








Pedagogik texnologiya- o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat(B.T.Lixachyov).





Pedagogik texnologiya- o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya- o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).


YUNESKO ta’rifi: Pedagogik texnologiyata’lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash ularni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Pedagogik texnologiya metodlari (o’zining boshlang’ich ma’nosida) dastlab o’qitishning harakatni tipik vaziyatdagi namuna (belgilangan qoida) bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgan. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta’lim uchun xuddi o’zlari singari mashg’ulotni yuqori darajada o’tkazishlariga imkon beradigan pedagogik yo’nalish ishlab chiqmagan.
Ta’lim texnologiyasi ta’lim metodikasi tushunchasiga qaraganda kengroqdir. Pedagogik texnologiya deganda, texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan o’xshash bo’lgan ta’limda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta’lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta’lim jarayoni texnologiyalashtirilgan ta’lim deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayoni faqat o’qituvchi shaxsiga bog’liq bo’lmagan, balki o’quvchining shaxsiy ehtiyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta’lim jarayonidir, ya’ni unda o’quvchi ta’lim jarayoni markazida turadi. Bunda darsni kim olib borishidan (tajribali o’qituvchimi yoki yosh o’qituvchimi) qat’iy nazar, ko’zlangan yakuniy natijaga (maqsadga ko’ra) erishish kafolatlanishi lozim. Ta’limda o’qituvchi faqat ijrochi vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiyalardagi g’oya maktab faoliyati yoki har qanday ta’lim muassasasi va ta’limning asosiy bo’g’ini bo’lgan ta’lim jarayonining boshqariluvchanligidir.
Ba’zida pedagogik ish tajribasida pedagogik texnologiyalarni allaqachon o’zlashtirilgan (ma’lum bo’lgan), hatto foydali bo’lgan, ammo ta’lim metodikasi texnologik yaratilmagan (tuzilmagan) deb tushuniladi. Lekin pedagogik texnologiya o’ziga xos innovasion yondashuvdir.
Ta’lim tarbiyaga yondashuvlar
An’anaviy tushuntirish-ko’rsatmali ta’lim turi. Mazkur ta’lim usuli an’anaviy ta’lim turi bo’lib, unda o’quv axboroti asosan o’qituvchi tomonidan bayon qilinadi, o’quvchilar esa mazkur bilimlarni xotirasida saqlashlari va mustahkamlashlari kerak. Bunda K.G.Markvardtga (1981) asosan “bilim” tushunchasiga kiritilgan ma’no xotirada saqlanayotgan axborot deb tushuniladi. Talabalarda bu bilimlarning borligini imtixonlarda ularni xotirada qayta tiklab takrorlab aytib berishi, ya’ni bu bilimlarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilinganda, ularni hyech qanday qo’llanmasiz xotirada aytib berishi tekshiriladi. Bu tizimda bilimlar-asosan yodda saqlash natijasidir, ko’p xollarda bu formal ma’lumotlardir. Ular xotirani ichidan yuzaga chiqariladi, boshqacha qilib aytganda unga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilib savol berilganda esga (yodiga) keltiriladi. Biroq o’qish-o’qitish natijasi xotirlash darajasidagi bilimlar xotirada uzoq saqlanmaydi, zarur vaqtda o’quvchilar ularni juda qiyinchilik bilan eslaydi, ko’p xollarda esa umuman eslayolmaydi.
O’quv materialini o’zatish tizimida “o’qituvchi-o’quvchiga” tayyor bilimlarni imkoniyatidan kelib chiqib, talabaning ushbu bilimlarga bo’lgan extiyoji bor-yo’qmi hamda uning faollik darajasini qanday bo’lishidan qat’iy nazar beradi.
Shunga ko’ra o’qituvchining asosiy vazifasi-zarur axborotlarni o’quvchilarga otirada uni mustahkamlash bilan bog’liq ishni bajarishdan iboratdir.
Bunday o’quv jarayonida fan uchun ajratilagn o’quv soatlari, ma’ruzalar, laboratoriyalar, amaliy mashg’ulotlar o’rtasida saotlarni taqsimlash qat’iyan belgilab qo’yiladi. Biroq o’qish-o’qitish natijasi umuman belgilab qo’yilmaydi, u asosan pedagog vijdoniga havola qilinadi.
V.Guzeyev ta’kidlaganidek, an’anaviy ta’lim metodikasi uchun o’qish-o’qitish maqsadlarini noaniq bayon qilish xarakterli bo’lib ular dastur talablari bilan ifodalanadi, xolos. Bunda ta’lim oluvchining xolati haqida “o’zlashtirish” tushunchasi orqali sal-pal tasavvurga ega bo’lamiz. Ta’lim jarayoni esa odatda muvofaqqiyatli pedagogik faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar tajribasini umumlashtirish asosiga tayanib tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun muvofaqqiyatli pedagogik faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchining namunasi izlab topiladi. Biroq tobora ko’pchilik olimlar va amaliyotchilarning ko’rsatishicha ta’limda hususiy metodikaning gullab-yashnagan davri o’tdi va eng yaxshi pedagoglar tajribasini umumlashtirish (agar umuman nodir xodisalarni umumlashtirish haqida gapirish mumkin bo’lsa) kafolatlangan tizim va maqsadga qaratilgan samarali ta’limni tashkil etish imkonini bermaydi.
Ta’limga tushuntirish-ko’rsatmali yondashuv usuli ta’lim tizimida katta xizmat ko’rsatdi. U takomillashtirishni davom ettirayapti, biroq mazkur takomillashtirishning imkoniyatlari bu yondashuvni o’ziga qo’yilgan prinsiplar bilan chergaralangandir. Tez rivojlanib boruvchi fan va texnikaning talablari ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim metodlari bilan jamiyatning raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan talabi, shaxsni rivojlantirish va uni bilimga bo’lgan extiyojlarini qondirish o’rtasida ziddiyatga olib keldi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin