Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


I Bob Pedagogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qurvonmurodova LOYIHA

I Bob Pedagogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari.
1.1 Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha, ularning rivojlanish tarixi.
Texnologiya tushunchasi va uning tarixi.

“Texnologiya” so’zi 1872 yilda fanga kirib keldi va yunoncha texnos - hunar, san'at, logos - fan so’zlaridan tashkil topib, “hunar fani” yoki “hunar sanoati haqidagi fan” ma’nosini anglatadi.


Biroq, bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to’liq tavsiflab berolmaydi, ya’ni bu iborani texnologik jarayon orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga (xom ashyolariga) ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish sohasidagi mehnat jarayoni hisoblanadi.


Sanoat ishlab chiqarish jarayoniga texnologiya fanining yuzaga kelishi, texnologik jarayonlar loyihalanishi, texnik talablarining ishlab chiqilishi moddiy ishlab chiqarish bozorining yuqori darajada rivojlanishiga olib keldi.
30-yillarda “pedagogik texnika“ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo’ldi va u o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50 yillarda o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi.
60-yillarning o’rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim“ (Technoogy and pragrammed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o’ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya jurnali“ (Jornal of Educational Technology) chiqa boshladi. AqShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus “Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiya“si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar“ (Educational Technology Reslarch) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technologu Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan mashhur.
Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari.
Pedagogik texnologiyalarning maqsadi bo’lajak o’qituvchilarga o’quv jarayonida kafolatli natijalarga erishishdagi ko’nikma va mahoratlarini shakllantirish.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin