Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qurvonmurodova LOYIHA

Texnologik yondashuv. Dastlab ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikalarini eng oddiy misol sifatida reproduktiv ta’lim darajasida qaraymiz. Buni uchun tanlangan variant M.V.Klarinning “O’quv jarayonida pedagogik texnologiya” ishida bayon qilingan konsepsiyaga mos tushadi (8).
Ma’lumki,reproduktiv ta’lim o’quvchiga yodlab olingan qoidalar asosida bir tipdagi, andozadagi vaziyat bo’yicha xarakatlarni o’zlashtirishga imkon beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki. reproduktiv komponent ko’pchilik o’quv predmetlarida (ba’zan-sezilarli) darajada mavjud bo’ladi. Mazkur komponent xatto o’quvchidan qoidalar kombinasiyasiga tayanib subyektiv ravishda yangi algoritm yechimlarini ishlab chiqishni talab qiladigan namunaviy vaziyatda bo’lmagan vazifani yechish ko’nikmasiga ya’ni produktiv darajada o’zlashtirishga erishish ko’zda tutilganda ham ishtirok etadi. Reproduktiv daraja uchun pedagogik texnologiya doirasida ta’lim aniq, tushunarli qilib qayd qilingan va kutiladigan natijalarni barcha detallarigacha aniq bayon qilingan tiklanadigan konveyer sifatida tashkil etiladi. O’quv materiali aniq, tushunarli qilib qayd etilgan o’quv maqsadlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, alohida fragment (modul)larga ajratiladi. Bunda o’quv materiallarini taqdim etishni alternativ usullari ko’zda tutiladi, har bir fragment testlash hamda unga mos ravishda tuzatish (korreksiyalash) kiritish bilan o’rganiladi. O’qish-o’qitish ishi etalon natijalarga erishishga yo’naltirilgandir. Mazkur yo’naltirilganlik qiziqarlilikni, axslashuv ellementlarini va o’zaro yordamni inkor etmaydi. Ayni paytda u butun ta’lim jarayonini borishiga reproduktiv xarakter baxsh etadi. Shu bois ham u minimum majburiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallashda eng katta samara beradi. Ta’lim jarayonini tashkil etishga texnologik yondashishni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlarga kafolatlangan darajada erishishga imkon beradi. Anashunday samarani ta’minlashga imkon beradigan mexanizmlarni qarashga keyinchalik qaytamiz.
Qidiruv-tadqiqiy yondashuv. Ushbu yondashuvda o’quvchilarda muammolarni yechish qobiliyatini rivojlantirish yangi, oxirigacha tasvirlab yetkazilmagan tajribani yangi xarakat usullarini egallash, asosiy maqsad qilib qo’yiladi.
O’qish-o’qitishni qidiruv modellari ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro aloqasi, shaxsan tadqiotchilik pozisiyasi, uni faol-ijodiy faoliyatga yo’naltiradi.
Bunda pedagog o’quvchilar o’quv faoliyati ustidan demokratik, rag’batlantiruvchi rahbarlik faoliyatini amalga oshiradi, ularning shaxsiy tashabbusini qo’llab-quvatlaydi, hamkorlikni amalga oshiradi, o’quvchilar tomonidan o’quv faoliyatini operativ-texnik tomonini egallash vaj(motiv)larini birinchi darajali ahamiyatga qo’yadi. Yuqorida ta’kidlangandek, xozirgi vaqtda ta’limga qidiruv yondashuvni o’z tarkibiga oluvchi pedagogik texnologiyalar variantlari ishlab chiqilgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin