Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Qurvonmurodova LOYIHA

1.2 Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari.
Maktab, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U siyosatdan alohida, g’oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hyech qanday falsafani targ’ib qilmay yashay olmaydi.
Shunday qilib har qanday umumpedagogik umumta’lim texnologiyasi ma’lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar pedagogik texnologiyalarni metodologik ta’minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi.
Falsafiy asosi ta’limning yakuniy maqsadida ancha aniq ko’rinadi (misol uchun, diniy tarbiyalash, texnokratik, insonparvarlik pedagogik va shu kabi).
Falsafiy nuqtai nazarlar ta’lim mazmunida, o’quv fanlari mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko’pincha ularning g’oyaviylik yo’nalishlarida birlik bo’lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo’q. O’zbekiston Respublikasida zamonaviy ta’lim mazmuni ana shunday ziddiyatlar bilan farq qiladi.
Ta’limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g’oyalari bo’yicha umuman qarama-qarshi texno­lo­giya­larda qo’llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o’yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslikda u yoki bu darajada ta’lim jarayonida mavjud bo’lgan falsafiy yo’nalishlar, maktab, oqimlar ko’p turlari mavjud.
Umumpedagogik texnologiyalarda asosiy falsafiy muammolari
Pedagogik texnologiyalar konsepsiyalarida eng aniq ko’rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko’rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika sseptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistensializm.
Materializm
Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O’zbekistonning - o’quv meto­dik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo’nalish­lar aks ettirilgan: maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsa­faga asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma’naviy, g’oyaviy, intellektual, estetik, jis­mo­niy) masalasini samarali hal etuvchi Duneqarash muammolariga bir qator alternativ yondoshishlar mavjud.
Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.
Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedosentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistensilizm kabi yo’nalishlar qo’shiladi.
Teosofiya diniy yo’nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to’g’ri shakllantiradi.
Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hyech qanday bog’liqligi yo’q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o’rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat’iy mo’ljallangan maqsadni ko’zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedosentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.
Pedosentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo’nalishi bo’lib, u bolaning qiziqishlari va talablarini birinchi o’ringa qo’yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.
Ekzistensializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o’zidan ima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistensializm vakillari ekzistensiya ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo’rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistensialistlar esa ko’tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistensiyani boyitib, ba’zi gumanistik g’oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo’ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo’lib ishtirok etadi.
Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari ham qo’shiladi) shaxsning intellektual va ma’naviy sifatlari uning noyob tabiatida mavjud bo’ladi va ularning namoyon bo’lishi eng avval insonning individual tajribasi bilan bog’liq bo’lishidan kelib chiqadi. Shunday kelib chiqqan holda pragmatizm vakillari ta’lim vazifalarini shaxsning ma’lum ma’naviy sifatlari, prinsiplari, yo’nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o’zini amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo’yish, ijtimoiy g’oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo’nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.
Insonparvarlik yo’nalishiga alternativ deb ssiyentistik – texnokratik konsepsiyasi hisoblanadi. Rasionalizm, ochiq-oydin insonpar­var­likka qarshi nazariya (Irqiy, millatchilik va boshqalar).
Ssiyentizm dunyoqarash yo’nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizasiyalashda o’zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo’lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Ssiyentik ko’rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun’iy qo’llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Sseptizmga qarama-qarshi priro­dosoobraznost, prirodosoobrazis hisoblanadi – inson tabiiy qo­bi­li­yat­­larini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish, hamda insonning tabiat bilan birligini, ularning o’zaro aloqalari mosligi va uyg’unligini targ’ib qiluvchi dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil topishi asosiy prinsiplarini farq qiladilar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin