Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


Psixik rivojlanish omillari va texnologiya



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qurvonmurodova LOYIHA

Psixik rivojlanish omillari va texnologiya
Har qanday texnologiya insonning psixik rivojlanishi birinchi sabablari, manbalari haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi. Rivojlanishning asosiy yetakchi omiliga qarab quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Biogen texnologiyalar, psixika rivojlanishi nasliy (genetik kod bilan) bo’ladi deb hisoblaydi: tashqi muhit faqatgina nasliy imkoniyatlarni amalga oshiradi.

  • Sosiogenli, shaxsni insonning ijtimoiy tajribasi, o’qitish natijalari yozib olinadigan ko’zgu sifatida tasavvur etadi.

  • Psixogen, rivojlanish natijalarini asosan insonning o’zi, uning ilgarigi tajribasi, o’zini takomillashtirish psixologik jarayonlari bilan belgilaydi.

  • Idealistik, shaxsning va uning sifatlarini nomoddiy kelib chiqishini ko’zda tutadi.

Ijtimoiy tajribani o’zlashtirish ilmiy konsepsiyasi
Zamonaviy psixologik fanda insonning bilimlarni o’zlashtirishi va shunga binoan uning idrok etish harakatlari tartibini o’ziga tushunishni ko’zda tutadigan bir qator nazariyalar mavjud.
O’qitishning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari signallarini yodga olibgina va voqyealar o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir.
O’qish davomida assosiasiyalar muntazam o’zgarib boradi, qayta tashkil bo’ladi va ma’lum mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’ladi, ular quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  • O’quv materialini o’zlashtirish.

  • Uni tushunib olish, ichki bog’liqliklari va qarama-qarshiliklarini tushunishga yetkazib borish.

  • Eslab qolish va xotirada saqlab qolish.

  • o’zlashtirganlarini amaliy faoliyatida qo’llash.

Quyidagi shartlarga amal qilgan holda o’qishda yuqori natijalarga erishish mumkin:

    1. O’quvchi tomonidan o’qishga faol munosabatlarni shakllantirganda.

    2. O’quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida.

    3. Aqliy va amaliy faoliyat uslublarini Mashqlarda namoyish etish va mustahkamlash.

    4. Bilimlarini amalda qo’llash.

Bu konsepsiyaning muhim vakillari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, S.L. Rubin­shteyn, Yu.A. Samarin va boshqalar hisoblanadilar.
Assosiativ-reflektorli konsepsiyasi doirasida tushunchalar shakllan­ti­rish nazariyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni o’qitish jarayoni olayotgan bilimlarini umumlashtirish va ma’lum tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi.
Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o’rgatish yo’li bilan erishiladi – taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish. O’rgatish faoliyati nazariyasi asoslari A.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontyev, P.Ya. Galperin, D.B. Elkonin va boshqa­lar asarlaridan boshlangan.
Faoliyat nazariyasi alohida yo’nalishlarining ishlab chiquvchilari o’quv faoliyatining turli tarkibiy qismlariga e’tiborini qaratganlar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin