Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi


V.V. Davidov – D.B. Elkoninalarning mazmunli umumlashtirish nazariyalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/13
tarix24.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#191477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qurvonmurodova LOYIHA

V.V. Davidov – D.B. Elkoninalarning mazmunli umumlashtirish nazariyalari
Uning asosida nazariy-deduktiv turi bo’yicha qurilgan nazariy bilimlarning yetakchi roli haqidagi konsepsiya yotadi. O’quvchilarda nazariy fikrlashni yuzaga keltirish shaxsiy fikrlashni yuzaga keltirish shaxsiy faoliyatida ilmiy idrok etish mantiqini qayta takrorlash, abstraktdan aniqqa yuksalish yo’li bilan erishiladi.
Yangi tushunchani kiritish (mazmunli umumlashtirish) o’qitish jarayonida to’rtta bosqichdan o’tadi:

  • o’qituvchi taklif etayotgan vaziyat yoki muammo bilan tanishish, uning tushunib olish;

  • muammoni hal etishga asos bo’lib xizmat qiluvchi eng muhim munosabatlarni aniqlovchi materiallarni qayta o’zlashtirish namunasini egallash;

  • aniqlangan munosabatlarni sxematik yoki belgili shaklda qayd etish.

  • dastlabki masala yoki muammoni hal etish sharti va usulini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan xislatlarini aniqlash.

L.S. Vigotskiy, P.Ya. Galperin, N.F. Talizinalarning
aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi
Uning ma’nosi insonning ichki va tashqi faoliyati birligi, umumiyligidan iborat.
Bu g’oyaga binoan aqliy rivojlanish bilimlarni, ko’nikma, mahoratlarni o’zlashtirish sifatida interiorizasiya yo’li bilan sodir bo’ladi, ya’ni “moddiy” (tashqi) faoliyatining bosqichma-bosqich ichki aqliy ko’rinishga o’tishi.
O’qitishning ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi:

  1. Harakat bilan dastlabki tanishish, OOD yaratish, ya’ni o’quvchi hayolida harakatlar taxminiy asosini (OOD) qurish. OOD - o’rganilayotgan harakatni matn yoki grafik usulda tuzilgan modeli, uni to’g’ri bajarish shartlari sistemasidir, OODning bir necha turlari mavjud: to’la, to’la bo’lmagan, invariantli.

  2. Moddiy harakatlar. O’quvchilar o’z harakatlarini o’quv topshirig’iga binoan tashqi moddiy shaklda, o’z harakatlarini OOd (instruksiya) bilan solishtirib bajaradilar.

  3. Tashqi nutq bosqichi. Bir necha bir-biriga o’xshash harakatlarni bajargandan so’ng instruksiyaga murojaat etish zaruriyati qolmaydi. O’quvchilar ushbu vaziyatdao’zlashtirayotgan harakatlarini, o’sha operasiyani ovoz chiqarib aytadilar. Ularning ongida o’quv ma’lumotlarini umum­lash­tirish, qisqartirish sodir bo’ladi, harakatlar esa avtomatlasha bosh­laydi.

  4. Ichki nutq bosqichi. O’quvchilar bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqar­may ichlarida gapiradilar, shu bilan birga eng murakkab, harakatlarning muhim elementlarini gapira oladilar, bu uni yanada aqliy umumlashtirish, qisqartirishga imkon beradi.

  5. Avtomatlashtirilgan harakatlar bosqichi. O’quvchilar o’rganayotgan hara­kat­larini avtomatik bajaradilar, hatto o’zlarini hayolan tekshirib ko’r­mas­dan. Bu harakatlar interiozasiya qilingani, ichki ko’rinishga o’tgani va tashqi tayanchga zarurat yo’qolganligini bildiradi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin