Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə18/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

3. Ayiruv bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni yoki gap bo‘laklarini bir - biridan ajratib, ta’kidlab bog‘laydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p qo‘llanadigan ayiruvchi bog‘lovchilar: yo, yoki, yoxud, yoinki, yo..., yo..., goh..., goh; dam..., dam; bir..., bir; ba’zan...., ba’zan; xoh., xoh.
Bulardan yo, yoki, yoxud, yoinki bog’lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. U ham ko‘p o‘tmay yo injener, yoki o‘qituvchi bo‘lib ishlashi mumkin. (O.)
goh..., goh; dam..., dam; bir..., bir; ba’zan..., ba’zan bog‘lovchilari esa, uyushgan bo‘laklarning yoki qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarning oldida takrorlanib kelib, ularni ayiruv yo‘li bilan bog‘laydi: Dam qor yog‘adi, dam yomg‘ir tomchilaydi.
4. Inkor bog‘lovchisi na so‘zidan iborat bo‘lib, uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni inkor ma’nosi orqali bog‘lab, takrorlangan holda qo‘llanadi: U hozir na odamlarni, na ularning gapini pisand qilardi. Unda na insof bor, na diyonat.
2-§. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarni ergashtirish, tobelash yo‘li bilan bog‘laydi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Aniqlov bog‘lovchilari (ya’ni, -ki(-kim) ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun ishlatilib, bosh gapda ifodalangan fikrni aniqlab, izohlab ko‘rsatadi: Deydilarkim, oyda ham dog‘ bor (U).
2. Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab, sabab, natija ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Biz o‘z vatanimizni sevamiz, shuning uchun uning tarixini yaxshi bilmog‘imiz zarur.
3. Shart bog‘lovchilari agar, gar, agarda, basharti, mabodo, garchi shart va to‘siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatidagi shartni, shu bilan birga, to‘siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Gar shu eshitganim bo‘lmasa ro‘yo, Sen ona emassan, dorsan tabiat (A.O).
4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi: Oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday (O.)
Bulardan tashqari, boshqa turkumga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: bordiyu shart bog‘lovchi vazifasida (Bordiyu hayotda uchratolmasam, uylab xayolimda yaratardim); deb maqsad bog‘lovchisi vazifasida (Hosilimiz mo‘l bo‘lsin deb, tinimsiz mehnat qildik) ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar ham vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi.



  1. Bog`lovchilarning qo`llanishiga ko`ra turlari: yakka bog`lovchilar va takroriy bog`lovchilar haqida fikringizni bayon eting hamda badiiy adabiyotlardan 20 ta misol yozing va tahlil qiling

  2. Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra turlari. Gapda qo`llanilishiga ko`ra bog`lovchi yakka, takror, yakka va takror qo`llanadagan bog`lovchiga bo`linadi. Yakka qo`llanadigan bog`lovchiga a, va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, garchand, go`yo, go`yoki, ­ki/­kim, esa, ya’ni; takror qo`llanadigan bog`lovchilarga dam­dam, ba’zan­ba’zan, ham­ham, bir­bir, xoh­xoh, goh­goh; yakka va takror qo`llanadigan bog`lovchiga yo, yoki bog`lovchisi kiritiladi.
    Bog`lovchining vazifasiga ko`ra turlari.Bog`lovchi gap bo`laklari yoki qo`shma gap qismlarini qanday munosabatda bog`lashiga ko`ra teng bog`lovchi va ergashtiruvchi bog`lovchiga bo`linadi.
    Teng bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklari yoki qo`shma gap tarkibidagi teng huquqli sodda gaplarni bog`laydi: darsliklar va qo`llanmalar. Shamol tindi va hamma uyquga ketdi. Kecha sokin va iliq edi. Quyosh chiqdi, lekin havo isimadi.
    Teng bog`lovchi ma’nosiga ko`ra quyidagi turga bo`linadi:
    1) biriktiruv: va, hamda, bilan (ko`makchi-bog`lovchi), ham, ­u//­yu. ­da (yuklama-bog`lovchi);
    2) zidlov: ammo, lekin, biroq, esa, balki, holbuki, vaholanki, a;
    3) ayiruv: yo//yoki//yoxud//yoinki, yo­yo, goh­goh, dam­dam, ba’zan­ba’zan, bir­bir, xoh­xoh;
    4) inkor bog`lovchisi: na…, na…
    Ergashtiruvchi bog`lovchi asosan qo`shma gap tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog`laydi: Endi qattiq o`qimasak bo`lmaydi, negaki test sinovlariga yaqin qolmoqda.
    Ma’nosiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
    1) aniqlov: ya’ni, ­ki//­kim;
    2) sabab: chunki, negaki, sababki, zeroki;
    3) shart: agar//gar//agarda, basharti, mabodo, garchi// garchand, modomiki.
    Bog`lovchining tabiatiga ko`ra turi: 1) sof bog`lovchi; 2) vazifadosh bog`lovchi.
    Faqat bog`lovchiga xos vazifa bajaruvchi yordamchi so`z sof bog`lovchi: va, lekin, agar.
    Bir o`rinda bog`lovchi, boshqa o`rinda ko`makchi, yuklama, modal so`z yoki biror mustaqil so`z bo`lib keladigan yordamchi vazifadosh bog`lovchi hisoblanadi:
    – bilan ko`makchisi: olma bilan anor;
    – na…na yuklamasi: na otam bor, na onam bor;
    – balki modal so`zi: bu gaplar qulog`imga kirmas, balki battar g`ashimga tegar edi.
    – bir soni: bir kulasan, bir yig`laysan.
    Shuningdek, -u (yu), -da, ham, -a yuklamasi, ba’zan ravishi ham bog`lovchi vazifasida kelishi mumkin.
    Uslubiy belgilari.
    1. bilan, bordi-yu, ham, -u/-yu, -da, deb, ba’zan, negaki, toki kabilar sof bog`lovchi emas. Ular bog`lovchi vazifasidagi so`z hisoblanadi.
    2. ham o`zi bog`lagan qismdan oldin kelsa, ayiruv bog`lovchisi (ham o`qidim, ham yozdim), keyin kelsa yuklama (o`qidim ham, yozdim ham) sanaladi.
    3. ham ta’kid ma’nosini bildirganda yuklama (Men ham borman), teng munosabatni ko`rsatganda biriktiruv bog`lovchisi hisoblanadi: Keldi Dildor ham Ruxsor.
    4. Takroriy bog`lovchining bir qismi faqat takror kelganda bog`lovchi hisoblanadi. Yakka qo`llanganda boshqa turkumga mansub bo`ladi: ba’zan – ravish: Ba’zan borib turamanbir – son: Bir ko`rdim men unidam – ot: Dam oldim.
    5. bilan ko`makchisi teng munosabatni ko`rsatganda bog`lovchi, tobe munosabatni ko`rsatganda ko`makchi hisoblanadi: darslik bilan qo`llanma – qalam bilan yozmoq.
    6. na…, na… so`zlar orasidagi teng munosabatni ko`rsatib, biriktiruv bog`lovchi ga ma’nodosh bo`lsabog`lovchi (Na xotin, na farzand ko`rmagan… (G`.G`ul.)), inkor ma’nosi kuchli bo`lganda yuklama hisoblanadi: Na so`ngiga yetoldi ishning, Na dunyoni anglab ulgurdi. (E.Voh.)
    Imlosi: 1. yo, yoki bog`lovchilari yakka qo`llanganda tinish belgisi ishlatilmaydi (Kelasizmi yo o`zimiz boraylikmi?), takror qo`llanganda vergul qo`yiladi: Yo bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or ishini (Cho`lp.).
    2. Takror qo`llanuvchi ayiruv bog`lovchilari oldidan vergul ishlatiladi.
    3. -u (-yu), -da o`zi qo`shilayotgan so`zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin uyushiq bo`laklar o`rtasiga vergul qo`yilmaydi.
    4. Yozuvda chunki, negaki, sababki, zeroki, ya’ni, ammo, lekin, biroq bog`lovchilaridan oldin vergul qo`yiladi.

    Yüklə 112,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin