2.2. Hikoya o`tish darsi namunasi. Sinf: 2-sinf Fan: O`qish Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo`riboy Ahmedov) Darsning maqsadi: ta`limiy: DTS talablari asosida dars o`tish .O`quvchilarni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va ma`rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o`git va nasihatlarni o`rgatib, ularga amal qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O`quvchilarga odob-axloq, do`stlashish qoidalarini tushuntirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi
xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san`ati va madaniyatini o`rgatish: o`zbek xalqining milliy urf-odat, an`ana va qadriyatlarini amalda qo`llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Har bir o`quvchining ifodali o`qish ko`nikmalarini va lug`at
boyligini rivojlantirish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o`quv fanlarini o`rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to`g`rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo`lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og`zaki bayon qila oladi
Dars jarayoni va texnologiyasi