1.2. Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning nazariy ahamiyati Zamonaviy maktab oldiga qo`yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o`quvchilar umumiy rivojlanishining o`sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o`qish mazmuni va o`qitish metodlariga o`zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog`liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o`qilgan matn yuzasidan o`z fikrini bayon qilish ko`nikmasini o`stiradigan mashqlar ko`paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo`ldi, asar g`oyasi va obrazlarini tushuntirishda o`quvchilaming mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta `limda texnika vositalaridan va ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan ko`proq foydalanila boshlandi va hokazo. XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko`nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o`qish malakasiga qo`yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o`qish kitoblari yaratildi. Mustaqillik tufayli ta `lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang`ich ta `limning ham “Davlat ta `lim standart”i yaratildi, o`quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta `lim standartlari va o`quv dasturlari qayta ko`rib chiqildi, “O`qish kitobi” darsliklari ham yangilandi. O`zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzayeva,M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T. Golenkina, L. A. Gorbushina,M. I.Omorokova, E. A.Nikitina, N. S. Rojdestvenskiy, o`zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M.Umarova, X. G `ulomova kabilar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o`qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar mazmunini tahlil qilish va to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o`qish malakalarini takomillashtirish topshirig`i ham hisoblanadi).
2. Asarning g`oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig`i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o`quvchilaming shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog`lanishli nutqining o`sishi (lug`atining boyishi va faollashishi) ni ta `minlaydi.
3. O`quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o`qishga o`quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo`lgan muhim omillardan biri uning o`quvchilarga hissiy ta`siridir. O`quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o`quvchida fikr qo`zg`atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to`g`ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go`zalligi ham alohida qayd qilib o`tiladi. O`qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o`qishni to`g`ri uyushtirish uchun o`qituvchi badiiy asarning o`ziga xos xususiyatlarini, ta `limning turli bosqichlarida o`qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o`quvchilaming matnni idrok etish va o`zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. O`qish darslari o`quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealami qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o`qish va asami tahlil qilish malakasi sinfdan-sinfga o`tgan sari o`stirib boriladi. O`quvchilar adabiy ma`lumotlami o`zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g`oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar.
O`quvchilar adabiy tushunchalarni o`rganish natijasida badiiy adabiyot san`atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o`quvchilaming nutqini o`stirish ham muhim o`rin tutadi. Boshlang`ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she`r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash, o`xshatish, jonlantirish, mubolag`a bilan ham amaliy ravishda tanishtiriladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o`quvchilarda o`z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o`qish ko`nikmasi o`stiriladi, asar g`oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o`quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
1. Shoir qorni nimaga o`xshatadi? (oq kapalakka).
2. Ayamajizni nimaga o`xshatadi? (Yalmog`izga).
3. “Muz oynalar sovuq yeb” misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq qoiadimi?
Darslikning “Kumush qish” bo`limida “Qish” matni berilgan.Ushbu matnda ham ko`plab jonlantirishlar qo`llangan. Masalan,hamma yoqda sovuq izg`irin kezadi, “Ingrar og`riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish — gulkor”, “Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda”, “hozir urug`lar tinch uyquda” kabi. Matn tahlilida Matnning birinchi qismini o`qing. Unda qaysi so`z o`z ma`nosidan boshqa ma`noda qo`llangan?” yoki “Matnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar jonlidek tasvirlangan o`rinlarni topib o`qing”. Boshqa ma`noda qo`llangan so`zlarni o`z ma`nosida qo`llab gap tuzing. Bu so`zlar qanday ma`noda qo`llanganda ta`sirchan bo`ladi? kabi savol topshiriqlardan foydalanish mumkin. Maqol janrida ham ko`chma ma`noli so`zlar ko`p qo`llanadi. Misol uchun “ Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir” maqolida boshiga so`zi metafora yo`li bilan ma`nosi ko`chgan, o`quvchilarga uning ma`nosi qanday usul bilan ko`chganligi aytilmaydi, faqat boshqa ma`noda qo`llanganligi o`z ma`nosi bilan taqqoslangan holda o`quvchilarga o`rgatiladi.Tarixiy asarlarda ham ta `sirchan, tasviriy-bo`yoqdor so`zlar ko`p uchraydi. Jumladan, “Bobur va kabutar» asarida hazrat, a`yonlar,oliy hazrat so`zlari qo`llangan.Asar matnida qadimiy davr bilan bog`liq qo`shimchalarning qo`llanilishi ham asarga joziba bag`ishlaydi. Masalan: “Kabutar ne deydur?” kabi. Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo`shimchasi o`rnida hurmat ma`nosidagi uchinchi shaxs qo`shimchasi qo`llangan: “Xatda: Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo`l urib bersalar”. Shu o`rindagi “qo`l urib bersalar” birikmasi ibora hisoblanadi.Iboralar doim ko`chma ma`no ifodalab, nutqning ta`sirchanligini oshiradi. Matndan iboralar aniqlangach, ma`nosini izohlashdan tashqari, ularga ma`nodosh yoki qarama-qarshi ma`noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara beradi. Topishmoqlarda ham jonlantirish va o`xshatishlar juda ko`p. Masalan, “Ayoz bobo nowot sotdi, Olgan edim, qo lim qotdi” topishmog`ida o`xshatish, “Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi, topishmog`ida jonlantirish qo`llangan. “Chumoli va tipratikan”, “o`jartoshbaqa” masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. Xususan, ularda “O`g`irlik mol aylar jonsarak”, “Bola ko`nglini ko`tarar”, “Kosang joningga huzur”, “Senga qalqon usti-bosh”. “Parcha go`sht bo`lib yurar”, “Jish Toshbaqa” kabi ibora, birikma va gapiar uchraydiki, ular ustida ishlashda “Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo`lib o`tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring” kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma`noni boshqacha yo`sinda bayon ettirish, o`zaro taqqoslash, ta`sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta`limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: “Bola ko`nglin ko`tarar” — Bolasiga yaxshi gapiar gapirar, “Kosang joningga huzur”— Kosang joningni, sog`lig`ingni asraydi” kabi.O`qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta `siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta`kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi.Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o`qituvchining diqqat markazida turadi. O`quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o`ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to `g `ri o`qish,qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang`ich sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o`quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o`stirish zarur. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o`quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. To`rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o`quvchilarni asarning g`oyaviy yo`nalishini tushunishga o`rgatish muhimdir, bu asami to`g`ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko`nikmasini, o`quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o `z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g`oyaviy mag`zini tashkil etadi. Asarning g`oyaviy yo`nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog`liq. Asarning tabiyaviy ahamiyati, o`quvchiga ta`sir kuchi uning g`oyaviy yo`nalishiga bog`liq. Badiiy asar ustida ishlashni to`g`ri tashkil qilish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi qoida ham e`tiborga olinadi.