Boshlang`ich ta`lim” yo`nalishi 209- guruh talabasi ro`zimova Dildora Zafar qizining



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə10/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#143112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro\'zimova Dildora ATOM kurs ishi

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Kuch- adolatdadir
Amir Temur o`gitlaridan na`munalar aytiladi
1. Hikoya kimning yoshligi haqida ekan?
2. Temurbek qanday ilmlarni o`rganibdi?
3. U o`rgangan bilimlaridan hayoti davomida qanday foydalandi?
4. Amir Temur haqida yana nimalarni bilasiz? So`zlab bering.
Amir Temur haqidagi o`quvchilar fikrlari umumlashtirilib , darsdan tarbiyaviy xulosa chiqariladi va yakunlanadi.Ota-bobolarimiz qadimdan insonlarni odob-axloqli bo`lishga chorlab kelishgan. Chunki inson odob-axloqi bilan go`zaldir. Sohibqiron Amir Temur shunday deydi: “Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o`zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo`lishga”. intildim

Bo`ladigan bola boshidan ma`lum.

Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak!
Роlizdaа koptok bo`lib,
Dumalab yotar, to`pmas.
Dehqon bobom avaylab
Oziq, suv berar, tepmas.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
O`quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to`g`ri va ravon o`qishi o`qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e`lon qilinadi va faol, bilimdon o`quvchilar rag`batlantiriladi

VI. Uyga vazifa.Hikoyani o`qib kelish
XULOSA
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Hikoya mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda hikoyani o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan hikoya mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar m a`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Hikoya o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini ay. tishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko`ra, boshlang`ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto`g`ri bo`lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo`lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko`p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim- tarbiya beruvchi o`qituvchiga juda ko`p narsa bog`liq bo`ladi.Hozirgi zamon boshlang`ich sinf o`qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg`ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo`lishi lozim.Shundagina u ko`zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta`lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman olganda, o`zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o`quvchilarning, balki shu yurt tuprog`ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so`zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo`l belgilaridek bo`lishi lozim. Buning uchun o`quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o`ylaymiz.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin