Qolipdan chiqqan g `ishtdek — hamma tomoni birdek tekis Loqayd — befarq Kashfiyot — izlanishlar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro Ayilday botdi — qattiq tegdi, ranjitdi Pisanda qilmoq ~ oldindan biror shart qo `ymoq; ta `kidlamoq. Tayyorgarlik ishlarining ta `limiy shakllari xilma-xil bo`lib,o`qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma`lumot berish maqsad qilingan bo`lsa, awalo, o`quvchilaming o`zlaridan ular haqida bilganlari so`rab aniqlanadi. Masalan, “Kitobga ixlos” asarini o`qishga tayyorgarlikda o`quvchilaming dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi: O`qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o `tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo`ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo`linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlami yechishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o`ziga berilgan savol-topshiriqlami bajarib, shohsupaga ko`tarilishi zarur.
Asar bilan tanishtirish:Tayyorgarlik davridan so`ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo`lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o`rganishga mo`ljallangan qismi yaxlit o`qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she`ming mazmunini to`g`ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta`sirini oshirish uchun ifodali o`qish kata ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
I. Matn o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi (ba`zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O`quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o`qituvchi ularga boshlang`ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, “Hikoyaningqaysi o `rni sizga yoqdi?”, “ Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsayoqdi?”, “Hikoya o`qilganda siz qaysi o`rinda juda xursand bo`Idingiz?” kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o`quvchilarga qanday ta `sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalami asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o`quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko`zda tutadi.
2. Yaxshi o`qiydigan o`quvchiga o`qitish. O`quvchini oldindan o`qituvchi o`qish yo`llari bilan tanishtiradi va uning o`qishini o`zi kuzatadi, xato va kamchiliklami bartaraf etadi. Shundan so`ng tayyorlangan o`quvchi sinf jamoasiga o`qib beradi.
3. Og`zaki qayta hikoyalab, so`zlab berish. Bu o`qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to`liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o`quvchilaming badiiy asarni o`qishga bo`lgan qiziqishi susayadi.
4. Yoddan ifodali aytib berish. She`riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o`quvchi o`qituvchining mahoratini yuqori baholaydi.O`zida ham yod olishga qiziqish paydo bo`ladi.
5. Asarning muhim dialogli o`rinlarini yoki butun asami sahnalashtirish orqali tanishtirish.
6. Asarning bir qismini (muammoli o`rnini) o`qituvchining o`qib berishi, qolgan qismini o`quvchilaming ichda mustaqil o`qishi.
7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o`qib berish.
Bu asaming ta`sirini kuchaytiradi, o`quvchilaming estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi.Umuman olganda, asaming janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o`ziga xos usullarini tanlash lozim. Badiiy asar matni ustida ishlash Boshlang`ich sinflarda to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qishga o`rgatish vazifasi o`quvchilarda asami tahlil qilish ko`nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O`qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o`zaro bog`liqligi asami tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.