Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs (kechki 4,5 yillik) guruh talabasi ning


Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar



Yüklə 39,66 Kb.
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü39,66 Kb.
#122417
1   2   3   4   5   6   7   8
Savod o\'rgatish darlarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mund

Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar:

  1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira- qara-shira so’zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so’ngra ovozni to shivirlashgacha paslatib talaffuz qilish.

  2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira so’zlarini sekin talaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish.

  3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar nuqson bilan talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.

  4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi.

Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o’qitish, tez aytishlarni hor bilan ayttirish foydalidir.


Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari va o'qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar.
Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak.
Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari
uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud:

  1. Umumdidaktik talablar:




    1. Har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib, unda bironta axloqiy sifat o’stirilishi lozim;




    1. Darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi aniq belgilab olinishi kerak;




  1. Maxsus metodik talablar:




    1. O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’g’ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;




    1. O’qish darsida ham, yozuv darsida ham o’quvchilar nutqini o’stirishga,

Lug’atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og’zaki hqikoyalash va shu kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;





Yüklə 39,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin