Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs (kechki 4,5 yillik) guruh talabasi ning


Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutqini o’stirish



Yüklə 39,66 Kb.
səhifə7/8
tarix02.06.2023
ölçüsü39,66 Kb.
#122417
1   2   3   4   5   6   7   8
Savod o\'rgatish darlarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mund

2.2Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutqini o’stirish.

Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o’rgatish ham, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda uyushtiriladi. Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, fan darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog’lanadi. Bu davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari:





  1. bolalar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash;

  2. ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda lug’atini boyitish;

  3. o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;

  4. gap va uch-to’rt gapli kichik “hikoyacha” (bog’lanishli nutq)ni og’zaki to’g’ri tuzish ko’nikmasini o’stirishdan iborat. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi fanlar bilan tanishish yordamida so’zni ovozli ishlatishga; ikkinchidan, turli tipdagi sodda yig’iq gap (Bolalar yuguryapti), sodda yoyiq gap (Lola do’konga bordi), uyushiq bo’lakli gap (Anvar oyisiga yordamlashdi, ukasiga qaraydi), qo’shma gap (O’g’il bolalar qushlarga in yasashyapti, qizlar don berishyapti) tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.

Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Fanlar, uy-ro’zg’or asboblari, o’simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tema bo’lib xizmat qiladi.


Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari, rasm ko’rish va Bu nima? Bu kim? Bu qanday fan? Kim nima qilyapti? kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o’ragatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli fanlarning nomini, ularning belgilarini aytish, fanlarni ma’lum belgilari asosida gruppalash kabi mashqlar kiradi.
Masalan o’qituvchining topshirig’iga muvofiq, ma’lum ber temada (kuz, mevali bog’, oila, sinf, maktab haqida) ikki so’zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. O’rgangan harflaridan so’zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar. O’qish darslarida rasmgaqarab kichik hikoyacha tuzadilar, o’qituvchini savollariga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi fan va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.

Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy asosda o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot berilmaydi.


Bolalar og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyinggi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olim, Naima kabi ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtira boradilar.
Bu bilan ular o’quv yilining ikkinchi yarmida o’rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-dil, olti-oldi kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o’zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog’-bog’bon-bog’cha kabi so’zlarni mashq qilish esa bolalarning “O’zakdosh so’zlar” mavzusini o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedektiv mashqlar tizimi boshlang’ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik prinsipi asosida tuzulishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma’lum nutq tajribasi, til hodisalarini, so’zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so’zlar bilan bog’langanda o’zgarishini kuzatish tajribasi to’plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o’quvchilar nazariy umumlashmalarni o’zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi.
Islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov davri (6 yoshdan 7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim yo‘nalishiga e’tiborni qaratdi:



    • bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash;




    • milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish;




    • jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash;




    • o‘zini kamtarona tutish;




    • bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechirasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», «Xo‘p bo‘ladi», «Xush kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish;




    • bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish; — bolalarning badiiy didini o‘stirish;




    • bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o‘rgatish;




    • bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari haqida dastlabki tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish;




    • bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mushtarakligi asosida tahlil etishni nazarda tutdik.

Bundan tashqari, alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ham mavjud. Bular:


1.O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi.


2.Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish.


3.O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini tushuntirish.


4.Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish.


5.Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni kuzatish.


6.Sodda matnlarni analiz va sintez qilish.


7.Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida). Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar o‘quv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat, kuchli iroda talab qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni yengillashtirish uchun darsni aqliy mehnat bilan jismoniy mashqlar galmagal o‘tkaziladigan va «o‘n daqiqa» ish turini almashtirib turiladigan yo‘sinda tashkil etish zarur. Unda dars 35 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulot yengil muammoli, bahsli, anjuman tarzida o‘tkazilsa, murabbiyning pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchayadi. Ular topshiriqni to‘g‘ri bajarishga o‘rganadi, o‘quvchilar mashg‘ulot qoidasiga bo‘ysunib, o‘rtoqlari bilan savol-javob qilish odobiga rioya etadi va birbirlarining xatolarini aniqlashga odatlanadi. O‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan mehr va jamoatchilikka nisbatan hurmat uyg‘onadi, go‘zal axloqiy fazilatlar tarkib topa boradi. Savod o’rgatish jaraynining bosqichlari:


1.Alifbe davri — savod o‘rgatishning eng mas’uliyatli jarayoni.


2.Alifbe davrining bosqichlarga bo‘linishi:





    • 1-bosqichda unlilar va aytilishi oson bo‘lgan undoshlarni o‘rgatish;




    • Harflar yozuvini o‘rgatish;




    • Bo‘g‘in va so‘z hosil qilib o‘qish va ularning yozuvdagi ifodasini o‘zlashtirish;




    • Ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirish;




    • 2-bosqichda tovush va harflarning analiz-sintezini takomillashtirish, artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan tovushlarni o‘rganish;




    • 3-bosqich mohiyatini belgilash.

3. Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar. Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani qamrab olishga qodir».


Ana shu yetti yoshli bola — jajji mikrokosm barcha donoliklarning kaliti bo‘lgan bilimni egallashga sa’yharakat qilsa, birinchi qadamni savod o‘rganishdan boshlashi lozim. Unda birgina o‘qish va yozishni o‘zlashtirishning o‘zi o‘tkir aql-idrok bilan hal qilinadigan kashfiyotdir. Bu kashfiyot esa alifbe davrida hal etiladi. Boshlang‘ich ta’limda alifbe davri eng uzoq davom etadigan mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda tirishqoq o‘quvchilar o‘z ona tilisidagi tovushlarni bilib oladilar, barcha harflarni tanib, o‘qish va yozishga o‘rganadilar. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqichda a, o, i, u, e, o‘ kabi unli tovushlar, n, m, t, l, b, k,d, g kabi undosh tovushlarning o‘qilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Bosqichning asosiy vazifasi quyidagicha belgilanadi: — tovushlarning bosma va yozma shakllarini darslik talabi asosida o‘rgatish;





    • So‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz qilish (ana, a-na, a-n-a);

20 — rangli rasmlarda aks etgan predmet atamasi bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlab, kitobda berilgan kubikchalarga joylash;





    • Bo‘g‘inlab o‘qish asosini yaratish (ma, mi, mo; ma-na, O-mi-na);




    • O‘rganilgan tovushlarning grafik ifodasi bo‘lgan bosh va kichik harflarni yozish va so‘z yasash (N,n; O, o; Non);



    • Ayrim bo‘g‘indan bir necha so‘z hosil qilish (o-na, o-la; lo-la, bo-la, to-la, xo-la, no-la); — ikki-uch gapdan tuzilgan dialogni o‘qish va yozish:




    • Shukriya, mana, kitob.



    • Yaxshi, lekin bu kitob kimniki, Akmal? — Kitob — Muhammad Aminniki. — harflar tartibini o‘zgartirish bilan so‘zda yangi ma’no yaratishga o‘rganish (o b o d, o s m o n); — 1 4 3 2, 2 1 3 4 5; — matnlardagi katak o‘rniga so‘z topib qo‘yish, o‘qish va qayta o‘z so‘zlari bilan aytish («Odobli bo‘l», «Bo‘ri bilan turna» kabi matnlar). Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, ifodalilikka, so‘zlardagi ma’noni yo‘qotmaslikka, urg‘uli bo‘g‘inlarga e’tibor berib, diksiyani rivojlantirishga diqqati jalb etiladi.


XULOSA
Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda nozik ish bo‘lib, uning qulay usullarini topishga intilish ta’lim jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, «Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik tajriba yangi metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar ijodkori K. D. Ushinskiy savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan qiyinroq narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib, o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu metodning afzallik jihatishundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va yozish parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Redazubov va A.I. Voskresenskayalar tovush metodida xat-savod chiqarishni takomillashtirib, uni analitik-sintetik tovush metodi deb atadilar. O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan foydalanish boshlanib, tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga mos kelmas edi. 1902- yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi. Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi: 1. Alifbe davri. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari o‘quvchilarga tanishtirilib, «Qor», «Uyqu», «G‘or», «Тog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar misol tariqasida keltirildi. 2. Alifbedan keying davr. Bunda bilim olish xususiyatiga va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola hamda hikoya berildi. 3. Alifboyi Qur’oniy. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga tovush metodi tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta o‘zgartirilganiga qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishda takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning hamma bosqichlariga uyg‘unlashtirilib, bir-biriga bog‘liq holda olib boriladi. So‘z tarkibidan tovushlarni ajratish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish mashqida, o‘quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini o‘rgatishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz-sintez metodidan foydalaniladi. Chunki bu usul o‘quvchilarning o‘qish va yozish malakalarini ongli ravishda o‘zlashtirishga imkon beradi, ularda harflab o‘qishdan bo‘g‘inlab o‘qishga o‘tish malakasini osonlashtiradi. Buning uchun o‘qituvchining mahorati, sinfning ruhiy holatini chuqur anglashi, bo‘g‘in, so‘z va gapga doir ko‘rgazmalarni o‘rinli qo‘llay olishi, darsda didaktik mashg‘ulotga keng o‘rin berishi asosiy rol o‘ynaydi. Shunda Davlat ta’lim standartidagi «harflarni to‘g‘ri talaffuz etish», «So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish», «So‘z urg‘ulariga rioya qilish», «Gap ohangiga amal qilgan holda ravon va obrazli o‘qish» talablari yuzaga chiqadi. Pedagogik tajribalarga tayangan holda yangi tovush va harflarni analiz-sintez metodi asosida o‘rgatish quyidagi tartibda olib borilishi maqsadga muvofiq sanaladi.


Yüklə 39,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin