Afzalliklari:
ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali;
ma’ruzachi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi;
vaqtdan unumli foydalanish;
aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
Kamchiliklari:
tinglovchilar nofaol ishtirokchi bo’lib qoladilar;
ma’ruzachining to’la nazorati barcha tinglovchilar uchun motivastiyani vujudga keltirmaydi;
tinglovchilar ma’ruzachi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;
eslab qolish darajasi hamma tinglovchilarda bir-xil bo’lmaganligi sababli, gurux bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin;
mustaqil o’rganish va echimlar qabo’l qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Zamonaviy (noa’anaviy) ta’limning afzalliklari va kamchiliklari.
Afzalliklari:
o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi; o’z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi;
tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi; o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi;
motivastiyaning yuqori darajada bo’lishi;
o’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;
muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;
o’z-o’zini baholashning o’sishi;
tinglovchilarning fanga oid mavzu mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati;
mustaqil fikrlay oladigan tinglovchining shakllanishiga yordam berishi;
nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi;
muammolar echish ko’nikmalarining shakllanishi.
Dostları ilə paylaş: |