Boshlang‘ich ta‘lim yoʻnalishi 9-13 btus-19 guruh talabasi burxonova shaxodatning



Yüklə 225,13 Kb.
səhifə7/10
tarix10.05.2023
ölçüsü225,13 Kb.
#110552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’ZBEKISTONDAGI TA’LIM ISLOXOTLARI MUAMMO VA YECHIMLAR

Kamchiliklari:

 ko’p vaqt talab etilishi;


 tinglovchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;


 juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham ma’ruzachi rolining past bo’lishi;


 ma’ruzachining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
Talim jarayonining tarkibiy qismlari
Ta’lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo’lsak, uni tashkil etuvchilari, ya’ni elementlariga quyidagilar kiradi:
o’quv maqsadi;


aniq maqsadlar (kutilayotgan natijalar);


ta’lim beruvchi; ta’lim oluvchi; ta’lim mazmuni; ta’lim metodi; ta’lim shakli; ta’lim vositalari; nazorat va baholash.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o’tilgan elementlardan birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g`ri tanlangan bo’lsa tizim ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.


II.BOB.O'ZBEKISTONDA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI.
2.1. O`zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar.
Buyuk mutafakkir Al-Farg`oniy astronomiya fanida birinchi bo`lib geliosintrik nazaryani asoschisi bo`lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob-kitoblar bilan isbotlab bergan. Yana bir buyuk bobomiz Temuriyzoda Mirzo Ulug`bek XV-asrdayoq Samarqandda observatorya barpo etib yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hi- soblaganki hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni bugungi kun hisobi bilan atigi bir-ikki daqiqa farq qilinishini aniqladi. Bundan ko`rinib turibdiki bizning Ota-bobola- rimiz jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo`shgan shaxslar bo`lib yashab o`tganligi. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukumron mafkura manfaatlariga bo`ysundirilgan edi. Aytaylik aksaryat fanlar o`quv dasturiga kiritilmagan. Birgina O`zbekiston tarixi fanini oladigan bo`lsak ushbu fan xolis o`rganilmas, o`quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o`rganish- ga bag`ishlanar edi. O`quvchilar ongi vatanimiz tarixining noto`g`ri talqin qilingan hodisalari bilan to`dirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl o`zbek olimlari va buyuk davlat arboblari,sarkardalari hayot va ijod yo`llari qoralangan. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so`ng barcha sohalarda tub o`zgarishlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta`lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim- tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’navyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi.” Ta’lim tizimini har tomonlama shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi,dunyo qarashi, bilim saviyasini o`zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo`lmaydi. Jumladan u: Ta’lim O`zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi, Osib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkonyatlari unda nomoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi.
to`g`risida”gi qonuni qabul qilingan bo`lib ushbu dastur “Ta’lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Ta’lim to`g`risidagi so`nggi ma`lumotlar keltirilishicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-Sentyabr kuni “Ta’lim to`g`risida”gi qonunning yangi tahririni imzoladi deya xabar qildi adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19-Mayda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilinib, 7-Avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi. Qonunga muvofiq ta’lim turlari quyidagilardan iborat.
-Maktabgacha ta’lim va tarbiya:
-Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim: -Professional ta’lim:
-Oliy ta’lim:
-Oliy ta’limdan keying talim:
-Kadirlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish: -Maktabdan tashqari ta’lim:
MUHOKAMA
Umumiy o`rta ta’lim 1-11 sinflarni o`z ichiga oladi. O`rta maxsus ta’lim akademik litsiylarda to`qqiz yillik tayanch o`rta ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi. Professional ta’lim boshlang`ich, o`rta va o`rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi. Boshlang`ich professional ta’lim kasb-hunar maktab-larida 9-sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integiratsiyalashgan asosida bepul amalga oshiriladi. O`rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to`lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilga- cha bo`lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo`yicha amalga oshiriladi. Orta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to`lov shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo`lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo`yicha amalga oshiriladi. Qonunga ko`ra davlat oliy ta’lim,o`rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inespeksiyasi tomonidan beriladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirila- di. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Eng samarali investetsiya bu ta’limga qilingan invistetsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yituk malakali kadirlar belgilab beradi. Ta’lim tizimini takomillashtirish, ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko`tarishdir.
Shu bois Prezident “Jamiyatda o`qituvchi kasbi eng nufuzli va obro`li kasb bo`lishi lozim” deya uqtirib, mamlakatimizda 2021-yilda o`qituvchi va pedagoglarga ustama haq to`lash tizimi yo`lga qo`yilishini ta’kidladi. Bu tashabbus yaqin to`rt yildagi o`qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy nufuzi va mavqeini oshirish borasidagi amaliy faolyat va harakatlarning izchil davomi deyish o`rinlidir.
Xulosa qilib aytganda o`qish, o`rganish, bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda ana endi biz yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbuslarga javoban har qachongidan ko`proq o`qib-o`rganib o`z ustimizda yanada ko`proq ishlab, Xalqimiz, vatanimizga tayanch bo`ladigan nafaqat tayanch balki ertangi kuniga ishonch bo`ladigan va kelajagini belgilab beradigan farzand, kadr, mutaxasis inson bo`lib yetishishimiz har qachongidan zarur ekanligi mana bugungi kun taqozosi. Yana shuni qo`shimcha qilmoqchimanki vatanimiz mustaqilligidan keying yillarda oliy ta’lim tizimida bo`layotgan o`zgarishlar, aniq- rog`i abiturentlar uchun oliy o`quv yurtlariga kirish imkonyati oldingi yillarda bitta oliygohga imkoniyat bo`lgan bo`lsa 2019-yildan uchta oliygohga 2020-yildan esa bu imkonyat beshtaga yetganligi abiturentlar uchun katta yangilik bo`ldi. Albatta bu tadbirlar abiturentlarni o`ylab ularning imkonyatini oshirish va o`qishga qiziqishini jadallashtirishga katta turtki bo`ldi. Yangi ta’lim to`g`risidagi qonunda ko`rsatilgan yana bir o`zgarish bu bolalarning maktabga chiqishidagi yoshi burungi 6-7 yoshdan qatiy 7 yosh deb belgilanishini ko`rsatish mumkin.
Prezidentimizning xalqga qilgan murojatnomasida aytib o`tgan muhim gapini keltirib o`tmoqchiman. Murojatnomada jumladan shunday diyiladi. Maktab tizimida o`qituvchi degan nomni qadrini ko`tarish uchun uning ma’naviy va moddiy ta’minotini oshirish buning uchun esa ularga to`lanadigan oylik ish haqini oshirish, xususan, bir tumandan boshqa tumanga borib ishlaydigan o`qituvchi xodimlar uchun ularga oylik ish haqining 50% hisobida, boshqa viloyatga borib ishlasa 100% miqdorida ustama haqlari belgilanishi murojatnomada Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o`tildi. Maqolam so`ngida shuni misol qilib keltirmoqchimanki ilm o`rgangan kishi hech qachon yutqazmagan yutqazmaydi ham. Zero, xalqini, jonajon vatanini, mehribon Ota-onasini yaxshi ko`rgan, ardoqlagan inson aslo ertangi kelajagi uchun qayg`urmay qolmaydi.



Yüklə 225,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin