Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya raxmonova asal reja


“Tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati



Yüklə 7,22 Kb.
səhifə2/3
tarix25.04.2023
ölçüsü7,22 Kb.
#102254
1   2   3
Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya-fayllar.org

Tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati


  • Demak bolaga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishda nafaqat tarbiyaviy ishlar, balki dars jarayonlaridan ham unumli foydalanish zaruriyati vujudga kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida 2020 yil 23 avgust kuni xalq ta`limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida maktablardagi ma`naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etilgandi.

  • SHunga ko`ra 2020 yil 6 iyul` kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumatining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 422-sonli qarori qabul qilindi.

  • Qarorda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg`usi”, “Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021 o`quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 o`quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ko`zda tutildi va bu borada ishlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasidagi islohotlar.


  • Mustaqil O`zbekistonda komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e`lon qilingan. YOsh avlodni tarbiyalash masalasi doimo mustaqil O`zbekiston davlatining diqqat markazida turadi. YAngilanayotgan jamiyatimizning barcha bosqichlarida: g`oyaviy-siyosiy, ahloqiy-tarbiya nuqtai-nazaridan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish bilan mustaqil O`zbekistonga lozim bo`lgan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash olib borayotgan ishimizning majmuasidir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa maktab ta`limini rivojlantirish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Prezidentimiz “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo`lib etishsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko`plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug`iladi. SHunday ekan, YAngi O`zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o`ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo`llab-quvvatlaydi”, - deya ta'kidlaganidi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 7,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin