40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Tibbiyot psixologiyasi fanidan
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.10
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil -avgustdagi 23 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
ruhiy jarayonlar va ularning turli kasalliklarda buzilishi haqida tushuntirish;
tibbiyot xodimlari faoliyatida etika va deontologiya masalalari haqida bilimlarni shakllantirish;
ruhiy salomatlikni saqlashni haqidagi bilimlarini shakllantirish;
nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqot qilish muhimligini o‘rgatish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
inson ruhiyati, ruhiy jarayonlar o‘zgarganda bemorda kuzatiladigan o‘ziga xos xususiyatlariga doir bilimlarga ega bo‘ladilar;
nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan holda barcha yoshdagi bemorlar bilan muloqot qilib, muammolarini aniqlab, psixologik yordam bera oladilar, barcha turdagi tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalarida muloqat psixologiyasini qo‘llaydilar.