(Shu kabi jami o‘n sakkizdan ortiq belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi)
Xarajatlarning ana shu klassifikatsiyalari belgilari va ularning har birining ahamiyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Xarajatlarning shu vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliy iqtisodchilar tomonidan ham umum e’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigani – bu xarajatlarning «doimiy» va «o‘zgaruvchan», deb guruhlanishidir. Ushbu mavzu doirasida boshqaruv qarorlari ta’sirida shartli o‘zgaruvchan xarajatlar qanchalik o‘zgarishi va bunday o‘zgarishlar ijobiy natijalarga olib kelishi uchun ular borasida qanday qilib samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi masalalar yechimini topishga harakat qilinadi.
Menejmentni o‘rganayotgan barcha rahbarlarning e’tiborini mahsulot hajmi, xarajatlar va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tahlili doimo tortib kelgan. Bu tahlil natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini qoplash uchun ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lishi lozim degan savolga javob topiladi.