BOSHQARUV HISOBIDA XARAJATLARNING O‘RNI VA ULARNI BOSHQARISH
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi: mahsulot birligi tannarxini barcha xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli; faqat o‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli, shuningdek normativ xarajatlarni kiritgan holda tannarxni hisoblash usuli qo‘llaniladi.
Xarajatlarni guruhlashning barcha ko‘rinishlari turli xildagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni hisobga olishning “to‘liq xarajatlar” usuli xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to‘liq tannarxi qanchani tashkil qilganini ko‘rsatadi. Bu shu xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun, albatta, ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini “o‘zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib standart miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki realizatsiya hajmi aniq bo‘lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan xarajatlar normasidan foXo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy obyekti guruhiga qarab taqsimlashi lozim: tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo‘yicha ydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin.