Shuningdek, mulk shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ularning butun faoliyat samaradorligi mana shu uchta, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Shu ko‘rsatkichlar ichida xarajatlarga samarali boshqaruv qarorlari natijasida ta’sir o‘tkazilsa, uning natijasida oxirgi moliyaviy natijalar qanchalik ijobiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilinadi.
Bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan boshqa ishchilar ish haqi bilan bog‘liq xarajatlar
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasida vujudga kelayotgan xarajatlarning katta bir qismini bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi yoki mahsulot guruhiga olib borish mumkin. Ana shunday xarajatlar iqtisodiy adabiyotlarda to‘g‘ri xarajatlar deb hisobga olinadi. Ba’zi bir xarajat turlarini esa bevosita aniq bir mahsulot tannarxiga olib borib bo‘lmaydi. Bunday xarajatlarni egri yoki bilvosita xarajatlar deb nomlashadi. Bunday xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritish uchun oldin ular tanlab olingan usullar orqali taqsimlanadi.
To‘g‘ri xarajatlarning asosiy qismini moddiy, ya’ni material xarajatlari tashkil qiladi. To‘g‘ri material xarajatlarining o‘zi asosiy va xomashyo xarajatlariga bo‘linadi
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan uchinchi muhim xarajatlar guruhi – bu umumishlab chiqarish xarajatlaridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil xarajatlar guruhidan tashkil topadi