Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirishning boshlang’ich bosqichi bo‘lib, xodimlarga bo‘lgan talabni aniqlashda hamda ularni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamonaviy sharoitda inson resurslaridan oqilona foydalanish korxona va tashkilotlar rivojlanishining muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash borasida faoliyat olib borayotgan akademiya, institut, fakultet, markaz va malaka oshirish kurslari boshqaruv kadrlarini to‘liq qamrab olgani yo‘q. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruv kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda har bir sohaning xususiyatlari va bu soha xizmatchilariga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda malaka oshirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bankmoliya akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi, Xalqaro Islom akademiyasi, Bojxona Instituti, Toshkent shahri va mamlakat viloyatlaridagi pedagogik kadrlarning malakasini oshirish markazlari, viloyatlar hokimiyatlari qoshida tuzilgan o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarlar malakasini oshirish o‘quv markazlari shular jumlasidandir. Bu o‘quv yurtlari va malaka oshirish markazlarida boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan tizimli platforma mavjud emas
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimini joriy etish – ijtimoiy.uz https://ijtimoiy.uz/1205/